Please use this identifier to cite or link to this item: http://repository.tma.uz/xmlui/handle/1/1977
Title: IMMOBILIZАTSIYA STRESSI FONIDА OQ KАLАMUSHLАRDА ME’DА SHILLIQ QАVАTINING SHIKАSTLАNISHIGА "LESBOXOL" O‘SIMLIK VOSITАSINING TА’SIRI
Authors: Djanayev G‘.Yu., SodiqboyevSh.I.
Issue Date: 12-May-2022
Publisher: T I B B I Y O T N I N G D O L Z A R B M U A M M O L A R I G A I N N O V A T S I O N Y O N D A S H U V 2 0 2 2
Citation: R E S P U B L I K A V A X A L Q A R O Y O S H O L I M L A R I L M I Y - A M A L I Y K O N F E R E N S I Y A S I
Abstract: Mavzuning dalzarbligi: Stress ostida rivojlanadigan adaptive jarayonlar organizmning hayoti uchun har doim ham qulay emas (Selye H., 1976). Stress omiliga haddan tashqari kuchli yoki uzoq muddatli ta’sir qilishda stressni amalga oshiradigan tizimlarning ta’siri bo‘lishi va tizimli shikastlanishga olib kelishi mumkin. So‘nggi o‘n yilliklarda, ko‘pchilik tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, psixo-somatik kasalliklarning sezilarli darajada o‘sishi kompensatsionadaptiv mexanizmlarni depressiya va inson tanasining gomeostazini saqlab qolmasligi bilan bog'liq. Istiqbolli yo‘nalish – inson tanasining turli tabiatdagi stress omillari ta'siriga o‘ziga xos bo‘lmagan qarshiligini oshirishni ta'minlaydigan terapevtik va profilaktik maqsadlarda adaptogen vositalardan foydalanish. Ma'lumki, hozirgi tibbiyotda ishlatiladigan dori vositalari arsenalida bir qancha xususiyatlarga ega bo‘lgan ko‘plab dori o‘simliklar mavjud. Ushbu vositalardan biri "Dorivor o‘simliklar quruq ekstrakti yig‘masidir". Ushbu retsept asosida biz an’anaviy ravishda "Lesboxol" deb ataladigan to‘rt komponentli vositani ishlab chiqdik. Mahsulot tarkibi quyidagi turdagi o‘simliklarning xomashyosini o‘zichiga oladi: yaʼni 4 xil o‘simlik – dag‘al bargli dalachoy (Hypericumscabrum), gul bargli kiyiko‘t (Ziziphorapedicellata), olqoro‘ti (Mediasiamacrophylla), oddiy qizilmiya (Glycyrrhizaglabra) quruq ekstraktlaridan tashkil topgan majmuaviy preparat.
Description: Xulosa: Shunday qilib, laboratoriya hayvonlariga 100mg/kg hajmdagi Lesboxol o‘simlik kompleksini profilaktika maqsadida yuborish tananing immobilizatsiya stressiga chidamliligini sezilarli darajada oshiradi, Me’da shilliq qavatining shikastlanishini oldini oladi. Ushbu majmuaviy preparatga strit hamda meʼda va o‘n ikki barmoq ichak yarasining oldini olish uchun istiqbolli preparatlardan biri bo‘lishi mumkin.
URI: http://repository.tma.uz/xmlui/handle/1/1977
Appears in Collections:Thesis, Articles



Items in DSpace are protected by copyright, with all rights reserved, unless otherwise indicated.