Please use this identifier to cite or link to this item: http://repository.tma.uz/xmlui/handle/1/1979
Title: ME’DA YARASI PROFILAKTIKASIDA LESBOXOLNING SAMARADORLIGI
Authors: Djanayev G‘.Yu., Allayeva M.J., Paxmonov A.X.
Issue Date: 12-Apr-2022
Abstract: Mavzuning dalzarbligi: Meʼda yarasi kasalligini davolashda bemorlarning yetarlicha va samarali davolanish kursini olmasligi retsidiv holatlarning takrorlanishiga (60-100 %) sabab bo‘ladi [Sepulveda A.R., Patil M.,2008]. Xozirgi kunda meʼda va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalliklari aholi orasida keng tarqalgan. Undan tashqari nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarning ko‘p qo‘llanilishi yana bitta omil sifatida qarash mumkin. Dunyoda har kuni 30 milliondan ortiq odam Nosteroid yallig‘lanishga qarshi dorilardan (NYaQV) og‘riq qoldiruvchi, yallig‘lanishga qarshi va antiagentlari sifatida foydalanadi. Shuni hisobga olgan holda, nojo‘ya taʼsirlari nisbatan kam, yuqori samarali, iqtisodiy jihatdan arzon mahalliy dori vositalari yaratish muhim vazifalardan biri hisoblanadi [Yakubova L.K. va b., 2013; Usmanova Sh.E., 2017;Djanayev G‘.Yu.,Mustanov T.B.,2021]. Bu maqsadda lesboxol yaʼni 4 xilo‘simlik – dag‘al bargli dalachoy (Hypericumscabrum), gulbargli kiyiko‘t (Ziziphorapedicellata), olqoro‘ti (Mediasia macrophylla), oddiy qizilmiya (Glycyrrhizaglabra) quruq ekstraktlaridan tashkil topgan majmuaviy preparatning nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositaning taʼsirida, meʼda yarasi chaqirilgan hayvonlarda yaraga qarshi va gastroprotektiv taʼsiri o‘rganildi .
Description: Xulosa: Lesboxol yaʼni 4 xil o‘simlik – dag‘a lbargli dalachoy (Hypericumscabrum), gulbargli kiyiko‘t (Ziziphorapedicellata), olqoro‘ti (Mediasia macrophylla), oddiy qizilmiya (Glycyrrhizaglabra) quruq ekstraktidan tashkil topgan majmuaviy preparatning kalamushlarda nosteroid yallig‘lanishga qarshi vosita taʼsirida chaqirilgan meʼda yarasining remissiyasini tezlashtirganligi aniqlandi. Ushbu majmuaviy preparatga strithamda meʼda va o‘nikki barmoq ichak yarasining oldini olish uchun istiqboll ipreparatlardan biri bo‘lishi mumkin.
URI: http://repository.tma.uz/xmlui/handle/1/1979
Appears in Collections:Thesis, Articles



Items in DSpace are protected by copyright, with all rights reserved, unless otherwise indicated.