Please use this identifier to cite or link to this item: http://repository.tma.uz/xmlui/handle/1/2049
Title: YURAK ISHEMIK KASALLIGI MAVJUD BEMORLARDA TROMBOSITLAR AGREGASIYASI TEKSHIRUVIDA ANTIAGREGANT DAVOGA NISBATAN REZISTENTLIK HOLATI
Authors: Xodjanova Sh.I., Alyavi A.L.
Keywords: yurak ishemik kasalligi, aspiringa rezistentlik, trombositlar agregasiyasi
Issue Date: Sep-2022
Publisher: Журнал кардиореспираторных исследований
Citation: http://dx.doi.org/10.26739/2181-0974-2022-SI-2.1
Series/Report no.: УДК: 616.12 - 005.4: 616.155.2 - 07- 08;
Abstract: So‘nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlarda yurak ishemik kasalligi patogenezida trombositar gemostaz tizimidagi buzilishlar va aspiringa rezistentlikning yuzaga kelishi ishemik hodisalar xavfini deyarli ikki barobar oshirishi tasdiqlangan. Bu yurak ishemik kasalligi davosini nazorat qilish, o‘z vaqtida monand antiagregant davo rejasini tayinlashga qaratilgan zamonaviy yondashuvlar ishlab chiqilishini taqozo qiladi. Tadqiqotning maqsadi asetilsalisil kislotani qisqa va uzoq muddat qabul qiladigan yurak ishemik kasalligi turg‘un zo‘riqish stenokardiyasi (TZS) II-III funksional sinfi bilan og‘rigan bemorlarda trombositlar funksional holatini baholashdan iborat. Material va uslublar.Tadqiqot manbasi sifatida turg‘un zo‘riqish stenokardiyasi II–III funksional sinfi tashxisi bilan davolangan 116 nafar bemorlar tanlandi. TZSli bemorlar asetilsalisil kislotasi qabul qilish davomiyligiga ko‘ra to‘rt guruhga ajratildi. 1-guruhni bir yilgacha ASK qabul qilgan, 2-guruhni ASKni 1 yildan 5 yilgacha bo‘lgan muddatda qabul qilgan, 3-guruhniASKni 5 yildan ko‘p muddat davomida qabul qilayotgan bemorlar hamda nazorat guruhini ASK qabul qilmagan bemorlar tashkil etdi. Trombositlar agregasiyasi tekshiruvi Born va O’Brayen bo‘yicha an'anaviy turbidometrik usulda AGGR dasturi bo‘yicha komp'yuterli qayta ishlash orqali ikki kanalli lazerli Alat – 2 Biola analizatorida bajarildi. Natijalar. 5 yildan ko‘p muddat aspirin qabul qilgan bemorlar guruhida trombositlar spontan agregasiyasi va ADF-indusirlangan agregasiyasi ko‘rsatkichlari 1 yilgacha ASK qabul qilgan va 1 yildan 5 yilgacha ASK qabul qilgan bemorlar guruhi ko‘rsatkichlariga nisbatan yuqori bo‘lib, statistik ishonarli farqlar 1 yilgacha ASK qabul qilgan bemorlar guruhi ko‘rsatkichlariga nisbatan kuzatildi (spontan agregasiya 1,7±0,09 r<0,05, 0,1 mkm ADF-indusirlangan agregasiya 6,58±0,86 r<0,05, 1,0 ADFindusirlangan agregasiya 16,51±1,63 r<0,01, 5,0 ADF-indusirlangan agregasiya 58,44±3,72 r<0,01). 5 yildan ortiq ASK qabul qilgan bemorlardan iborat uchinchi guruhda 5 yilgacha ASK qabul qilgan bemorlardan iborat ikkinchi guruhga nisbatan aspiringa rezistentlik sezilarli darajada ko‘proq qayd etildi (mos ravishda 54,8% va 29% Xi2=4,24 r<0,05). Shu bilan birga, 1 yilgacha ASK qabul qilgan 1-guruh bemorlarda rezistentlik uchrashi 5 yildan ortiq ASK qabul qilgan bemorlarga nisbatan kamroq kuzatildi (mos ravishda 13,3% va 54,8% Xi2=11,63 r<0,05). Xulosa. Yurak ishemik kasalligida aspirin bilan davolashning 5 yildan ortiq davom etishida trombositlar agregasiya ko‘rsatkichlarining oshishi aspiringa rezistentlik xavfi bilan o‘zaro bog‘liqdir.
URI: http://repository.tma.uz/xmlui/handle/1/2049
ISSN: 2181-0974
Appears in Collections:Thesis, Articles

Files in This Item:
File Description SizeFormat 
1.6.2.Ходжанова Ш.И..pdfYURAK ISHEMIK KASALLIGI MAVJUD BEMORLARDA TROMBOSITLAR AGREGASIYASI TEKSHIRUVIDA ANTIAGREGANT DAVOGA NISBATAN REZISTENTLIK HOLATI1.35 MBAdobe PDFView/Open


Items in DSpace are protected by copyright, with all rights reserved, unless otherwise indicated.