Please use this identifier to cite or link to this item: http://repository.tma.uz/xmlui/handle/1/2176
Title: Qoraqalpog`iston respublikasi homilador ayollarni ratsional ovqatlanishni sanitar gigiyenik baholash
Other Titles: Qoraqalpog`iston respublikasi homilador ayollarni ratsional ovqatlanishni sanitar gigiyenik baholash
Authors: Тошматова, Гузал
Keywords: QORAQALPOG`ISTON RESPUBLIKASI HOMILADOR, AYOLLARNI,RATSIONAL, OVQATLANISHNI, SANITAR, GIGIYENIK BAHOLASH
Issue Date: 22-May-2022
Publisher: “Tibbiyotdagi zamonaviy ilmiy Tadqiqotlar: dolzarb muammolar, yutuqlar va innovatsiyalar” Mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy Konferensiya Materiallari To’plami Tеrmez 155-156 bet 2022 yil 13 may
Citation: 1
Series/Report no.: 1;
URI: http://repository.tma.uz/xmlui/handle/1/2176
Appears in Collections:Thesis, Articles

Files in This Item:
File Description SizeFormat 
ТЕРМИЗ ТЕЗИС1.pdfQORAQALPOG`ISTON RESPUBLIKASI HOMILADOR AYOLLARNI RATSIONAL OVQATLANISHNI SANITAR GIGIYENIK BAHOLASH. (Nukus shahri misolida) Atamuratova T.T., Toshmatova G.A. Toshkent tibbiyot akademiyasi, O‟zbekiston Homiladorlik davrida ko'plab ayollar sog'lig'ida jiddiy muammolarga duch kelishadi yoki mavjud kasalliklari kuchaydi (statistik ma'lumotlarga ko'ra, bu ko'pincha pielonefrit, jigar va o't yo'llari kasalliklari, oshqozon -ichak trakti kasalliklari), shuning uchun bu ayollar ko'p vaqtlarini kasalxonada o'tkazadilar. Homilador ayollarning sog'lig'ining sezilarli darajada yomonlashishi,homilador va emizikli onalarning ovqatlanishi, ekologik muammolar kabi omillar - jadal o'sib borayotgan bolaning tanasida makro- va mikroelementlar (shu jumladan temir) muvozanatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Homilador ayol organizmda temir moddasining kamayishi turli asoratlar jumladan: kechki toksikozlarni paydo bo'lishi, tug'ruqning oy kuni etmasdan,vaqtidan ilgari boshlanishi, tug'ruq vaqtida qon ketishi, bola vaznini me‘yoridan kam bo‘lib tug'ilishi, tug`ruqdan oldin va keyingi davrda onalar o‘limining ko'payishi xavfini oshiradi. So‗nggi yillarda homilador ayollarning 80 foizida yondosh kasalliklar tufayli chaqaloqlarning atigi 20 foizi sog'lom tug'ilmoqda. Qoraqalpog`iston Respublikasida ekologik omillar jumladan jon boshiga to'g'ri keladigan daromadning pastligi, qoniqarsiz mehnat va turmush sharoiti, spirtli va gazli ichimliklarni iste'mol qilish kabi muammolar tug‘iladigan avlodning salomatligiga salbiy ta‘sir ko‘rsatmoqda. Tadqiqot maqsadi. Kamqonligi bo`lgan homilador ayollarning ovqatlanishini gigiyenik tavsiflash. Tadqiqot obekti va materiallari: Nukus shahrida №6 ayollar maslahatxonasiga murojaat qilgan homilador ayollar orasida o`tkazilgan so`rovnoma. Olingan natijalar. Qoraqalpog`iston Respublikasi Nukus shahrida tug`ish yoshidagi homilador ayollar soni xozirgi kunda(18-40yosh) 63745 ta. Shundan homiladorlar soni 2020-yilda 6131, 2021-yilda 6988 tani tashkil etadi. Nukus shahrida o‗tkazilgan so‗rovnoma natijasida 100 ta homilador ayoldan faqat 8 tasida ovqatlanish taomnomasida156 oqsil, yog‗, karbonsuvlar nisbatini me‘yoridaligi qolgan xomiladorlarda asosiy taomnomaning kunlik quvvatmandligi karbonsuvlar hisobiga qoplanishi aniqlandi. 25% gacha homilador ayol kuniga 1500 kkalgacha va 70% dan ko'prog'i - 2500 kkalgacha ovqatlanishi aniqlandi. Olib borilgan izlanishlar shuni ko‗rsatdiki, aksariyat homilador ayollarning amaldagi ovqatlanishi gestasiya (xomiladorlik toksikozi)ning og‗ir kechishi bilan tavsiflanadi. Homiladorlikining ikkinchi, uchinchi trimestrida ovqatlanish tartibida ijobiy o‗zgarishlar kuzatiladi. So‗rovnoma tahlili natijasida homilador ayollarning oxirgi trimestrida 88% kuniga 4 marta ovqat iste‘mol qilishi va ovqat iste‘mol qilish intervali qisqarganligi aniqlandi. Homidladorlik davrining birinchi trimestrida toksikoz sababli ovqatlanish ratsionlarida baliq va dengiz mahsulotlari juda kam uchrashi aniqlandi (o‗rtacha sutkalik miqdori 37 gramm gacha). So‗rovnomada ishtirok etgan aksariyat homiladorlarda (71%)i ko‗nglini aynish va qayt qilish tufayli, baliq va dengiz maxsulotlarni iste‘mol qilolmaganlar. Ammo homilador ayollar kolbasa, dudlangan, konservali go‗sht mahsulotlari ko‗p (o‗rtacha sutka davomida 80 gramm) iste‘mol qilganliklari aniqlandi. Homilador ayollar tomonidan sut va sut mahsulotlarini (ayniqsa tvorog) juda kam iste‘mol qilishi kuzatildi, so‗rovnomada ishtirok etganlarning 1/3 qismi har kuni etarli miqdorda sut mahsulotlari iste‘mol qiladilar. Xulosa qilib aytganda temir tanqisligi kamqonligi bo'lgan homilador ayollarda sog‗lom farzandni dunyoga keltirishda taomnomadagi maxsulotlarni sifatiga va uning oqsil va vitaminlarga boy bo‗lishini e‘tiborga olish zarur.1.24 MBAdobe PDFView/Open


Items in DSpace are protected by copyright, with all rights reserved, unless otherwise indicated.