Please use this identifier to cite or link to this item: http://repository.tma.uz/xmlui/handle/1/7194
Title: BACHADONICHI PATOLOGIYALARI BILAN BOG‘LIQ BEPUSHT AYOLLARNI TASHXISLASH VA DAVOLASHDA INNOVASION YONDASHUV
Authors: Sharipova Sh.O.Nazarova G.D.
Keywords: bepushtlik, bachadonichi pa- tologiyalari, innovatsion yondashuv, diagnostika, davolash, poliplar, sinexiyalar, gisteroskopiya,PRP-terapiya
Issue Date: Apr-2023
Publisher: Ташкент, Узбекистан
Abstract: Dolzarbligi. Ayollarda bepushtlik jiddiy tibbiy muammo bo‘lib, unga ko‘plab omillar, jumladan, bachadonichi patologiyalari ham sabab bo‘lishi mumkin. Ushbu tadqiqotning maqsadi bachadonichi patologiyalari bilan bog‘liq bepusht ayollarni tashxislash va davolashda innovatsion yondashuvni ishlab chiqish.Materiallar. Tadqiqotga 60 ayol kiritildi: 30 nafari bachadon bo‘shlig‘ida sinexiya bilan va 30 nafari endometriy poliplari bilan. Nazorat guruhiga bachadon bo‘shlig‘i patologiyasi bo‘lmagan 30 ayol kirdi. Barcha bemorlar gisteroskopiya, ultratovush, kompyuter tomografiyasi, gormonal tadqiqotlar va biopsiya materialining gistologik tahlilini o‘z ichiga olgan keng qamrovli tekshiruvdan o‘tdilar. Natijalar. Tadqiqot natijasida bachadonichi patologiyalari bilan bog‘liq bepusht yollarni tashxislash va davolashda innovatsion yondashuv ishlab chiqildi. Tashxis qo‘yish uchun bachadon bo‘shlig‘ini 3D rekonstruktsiyasi kompyuter tomografiyasining so‘nggi texnikasi qo‘llanilib yaratildi, bu esa patologiyaning tabiatini va uning lokalizatsiyasini aniqroq aniqlash imkonini berdi. Sinexiyalarni davolash uchun gisteroskopik rezektsiya usuli, so‘ngra bachadon ichiga trombotsitlarga boyitilgan qon qo‘llanildi,Endometriy poliplarni davolash uchun gisterorezktoskop qurilmasida polipektomiya usuli qo‘llanildi. Xulosa. Bachadonichi patologiyalari bilan bog‘liq bepusht ayollarni tashxislash va davolashga innovatsion yondashuv samarali va istiqbolli usuldir. Eng yangi di- agnostika usullaridan foydalanish va davolanishga tabaqalashtirilgan yondashuv an’anaviy usullarga nisbatan 2,5 baravar yuqori natijalarga erishishga imkon beradi. Ushbu yondashuv klinik amaliyotda ayollarning bepushtlikni davolash samaradorligini 83,4%gacha oshiishiga olib keladi.
URI: http://repository.tma.uz/xmlui/handle/1/7194
Appears in Collections:Thesis, Articles

Files in This Item:
File Description SizeFormat 
Шарипова Ш.маколаси.pdfBACHADONICHI PATOLOGIYALARI BILAN BOG‘LIQ BEPUSHT AYOLLARNI TASHXISLASH VA DAVOLASHDA INNOVASION YONDASHUV931 kBAdobe PDFView/Open


Items in DSpace are protected by copyright, with all rights reserved, unless otherwise indicated.