Abstract:
YuIK mavjud bemorlarning
HS darajasi, jumladan EQ–5D–5L va EQ-VAS
indekslarining sezilarli darajada past ko‘rsatkichlari
kasallikning klinik kechishini avj olishi bilan bevosita
bog‘liqdir. Shunga ko‘ra, ko‘pomilli regression tahlil
shuni ko‘rsatdiki, anamnestik omillar orasida ayol
jinsi, keksa yosh, oliy ma’lumotlilik, ishsizlik, surunkali
stress; klinik omillar orasida esa, AG va SYuYe
mavjudligi YuIK bilan og‘rigan bemorlarda hayot sifati
darajasiga yuqori darajada salbiy ta’sir ko‘rsatdi.