Abstract:
Ushbu maqolada botulizmning qiyosiy tashxisi bo’yicha adabiyotlar ko’rib chiqilib, uning XXI asrdagi dolzarbligi ta’kidlangan. Mualliflar, botulizmga o’xshash simptomlar bilan kechadigan kasalliklarni ajratishda botulizmning klinik tashxis algoritmidan foydalanishni taklif qilishadi. Bir nechta asosiy belgilarga e’tibor qaratish zarur: kasallikning oziq-ovqat iste’moli bilan bog’liqligi, isitma yo’qligi mushaklarning progressirlanuvchi bo’shashishi, og’iz qurushining mavjudligi, shuningdek, xira ko’rish, diplopiya, midriaz va boshqalar kabi ko’z belgilari. Boshqa xarakterli belgilarga yana nutqning buzilishi (dizartriya) va yutish muammolarining (disfagiya) mavjudligi kiradi.