Abstract:
Aspirin hozirgi dunyoda mavjud dorilarning eng qadimiy, eng keng ishlatiladigan va eng mashhuri hisoblanadi. Aspirin XX asrning 60-yillaridan beri kardiologiyaning yurak-qon tomir kasalliklari profilaktikasi uchun eng muhim dorilaridan biri bo‘lib kelmoqda. So‘nggi vaqtlarda dunyo bo‘ylab aspirindan nafaqat kardiologiya, balki boshqa sohalar, ayniqsa onkologiya sohalarida faol foydalanish masalalari ustida ilmiy ishlar olib borilmoqda. Shu ishlar ortidan, aspirinning ta’sir mexanizmiga oid avvalgi qarashlarga ma’lum bir o‘zgarishlar, yangiliklar kiritilmoqda. Aspirindan yangi maqsadlarda foydalanish, uning ustida olib borilayotgan ishlarni tushunish uchun uning ta’sir mexanizmini tobora
chuqurroq bilish talab etilmoqda. Shu sababli, quyida aspirin va trombotsitlar
biologiyasi, ishlash mexanizmlarini hozirda mavjud ma’lumotlar asosida ko‘rib chiqildi.