Abstract:
Surunkali yurak yetishmovchiligi ilk bor jiddiy tibbiy-ijtimoiy muammo
sifatida 1960-yillarda AQSHda qayd etildi. AQSH tibbiy statistikasi taqdim qilgan
ma‘lumotlarga ko‗ra statsionar davoga yotqizilgan barcha bemorlarning 1% dan
ziyodini surunkali yurak yetishmovchili tashkil etgan edi. Yil davomida esa 1000
tadan 2 ta bemorda SYUYE tashxisi qo‗yilgandi [1]. Mamlakat bo‗yicha SYUYE
bilan bemorlar soni 1,4 mln nafardan oshgandi. T. Gibson va hammualliflarning
(1966) hisob-kitoblariga ko‗ra SYUYE bilan xasta bemorlar soni 1980-yillarga borib
1,7-1,9 mln nafar bo‗lishi kerak edi [2]. Lekin 1989-yilga kelib SYUYE mavjud
bemorlar soni kutilganidan 2 barobar oshib ketgan edi, 1000 ta aholidan 2,5-2,7
holatda uchradi. Shifoxonaga yotgan bemorlarning 4% dan ziyodi esa SYUYE
yondosh kasallik sifatida qayd etilgan edi