Abstract:
Qonda gemoglobin miqdorining kamayishi kamqonlikning asosiy
laborator ko'rsatkichlaridan hisoblanadi. Gemoglobin miqdori kamqonlik shakli va
ifodalanganligiga qarab o'zgaradi. Gemoglobin miqdori kamayganda chuqur va
to'liq tekshiruvlar o'tkazilishi kerak: eritrotsitlar sonini aniqlash, rang ko'rsatkichi,
eritrotsitlar morfologiyasini o'rganish va boshqalar. Gemoglobin konsentratsiyasini
oshishi eritremiya, simptomatik eritrositozda kuzatilishi mumkin, uning kamayib
ketishi anemiyalarda kuzatiladi.