Abstract:
Hozirgi kun zamonaviy tibbiyotida RA ni davolashda shu kungacha ma’lum bo‘lgan bazis yallig‘lanishga qarshi
preparatlar bilan bir qatorda, yangi gen injeneriyasi usullari bilan ishlab chiqilgan dori vositalarining ham ahamiyati
sezilarli darajada oshib bormoqda. Bunday preparatlar ustida olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ularning
kasallik faolligiga ta’siri yuqori va shuning bilan bir qatorda, inson organizmiga salbiy ta’siri kamroq. Shunday dori
vositalaridan biri adalimumab bo‘lib, maqolada RAli bemorlarda adalimumab bilan olib borilgan kompleks davoning
bo‘g‘im destruksiyasiga ta’siri o‘rganiladi.