Please use this identifier to cite or link to this item: http://repository.tma.uz/xmlui/handle/1/11013
Title: Podagra kasalligida gipourikemik davoga zamonaviy yondoshuv
Authors: Джураева Э.Р.
Keywords: podagra, giperurikemiya, allopurinol, febuxostat, terapiyaga rioya qilish.
Issue Date: 2024
Publisher: Вестник ТМА
Citation: Мaqsad: podagra bilan kasallangan bemorlarda gipourikemik dorilarning qiyosiy tahlilini о‘tkazish. Material va usullar: tadqiqotga Toshkent tibbiyot akademiyasi kо‘p tarmoqli klinikasi negizida artrologik terapiyani korreksiya qilish maqsadida murojaat qilgan 60 nafar aniq tashxis qо‘yilgan podagra bemori ishtirok etdi. Allopurinol GT sifatida kuniga 100 mg boshlang‘ich dozada ishlatilgan, sо‘ngra siydik kislotasini maqsadli darajasiga erishilgunga qadar har 2-3 haftada kuniga 100 mg ga oshirilgan. Allopurinolning mumkin bо‘lgan maksimal dozalari samarasiz bо‘lsa va/yoki ushbu preparat bilan bog‘liq nojо‘ya holatlar mavjud bо‘lsa, febuxostat kuniga 80 mg boshlang‘ich dozada buyurildi, agar kerak bо‘lsa, kuniga 120 mg gacha oshirildi. Bemorlarning terapiyaga rioya qilish darajasini baholash uchun Morisky - Grin sо‘rovnomasi qо‘llanilgan. Natijalar: allopurinolni qabul qiluvchi podagra bilan og‘rigan bemorlarda muntazam dori terapiyasiga rioya qilish yuqori darajada 25%, о‘rtacha darajada - 40% va past darajada 35%ni tashkil etdi. Febuxostatni qо‘llashda 50% dan kо‘proq hollarda terapiyaga yuqori darajada rioya qilish aniqlangan. Turmush tarzi о‘zgarishlariga yuqori darajada yondoshish 30% holatlarda, о‘rtacha - 40%, past - 30% va gipourikemik terapiyani korrektsiya qilishga tayyorlik mos ravishda 38%, 45% va 17% ni tashkil etdi. Xulosa: podagra bilan og‘rigan bemorlarni kuzatish bо‘yicha tavsiyalarga tо‘liq rioya qilish, bemorlarning dori-darmonlar bilan davolashga va turmush tarzini о‘zgartirishga yuqori darajada yondoshish imkonini beradi.
Series/Report no.: 5;
Abstract: Мaqsad: podagra bilan kasallangan bemorlarda gipourikemik dorilarning qiyosiy tahlilini о‘tkazish. Material va usullar: tadqiqotga Toshkent tibbiyot akademiyasi kо‘p tarmoqli klinikasi negizida artrologik terapiyani korreksiya qilish maqsadida murojaat qilgan 60 nafar aniq tashxis qо‘yilgan podagra bemori ishtirok etdi. Allopurinol GT sifatida kuniga 100 mg boshlang‘ich dozada ishlatilgan, sо‘ngra siydik kislotasini maqsadli darajasiga erishilgunga qadar har 2-3 haftada kuniga 100 mg ga oshirilgan. Allopurinolning mumkin bо‘lgan maksimal dozalari samarasiz bо‘lsa va/yoki ushbu preparat bilan bog‘liq nojо‘ya holatlar mavjud bо‘lsa, febuxostat kuniga 80 mg boshlang‘ich dozada buyurildi, agar kerak bо‘lsa, kuniga 120 mg gacha oshirildi. Bemorlarning terapiyaga rioya qilish darajasini baholash uchun Morisky - Grin sо‘rovnomasi qо‘llanilgan. Natijalar: allopurinolni qabul qiluvchi podagra bilan og‘rigan bemorlarda muntazam dori terapiyasiga rioya qilish yuqori darajada 25%, о‘rtacha darajada - 40% va past darajada 35%ni tashkil etdi. Febuxostatni qо‘llashda 50% dan kо‘proq hollarda terapiyaga yuqori darajada rioya qilish aniqlangan. Turmush tarzi о‘zgarishlariga yuqori darajada yondoshish 30% holatlarda, о‘rtacha - 40%, past - 30% va gipourikemik terapiyani korrektsiya qilishga tayyorlik mos ravishda 38%, 45% va 17% ni tashkil etdi. Xulosa: podagra bilan og‘rigan bemorlarni kuzatish bо‘yicha tavsiyalarga tо‘liq rioya qilish, bemorlarning dori-darmonlar bilan davolashga va turmush tarzini о‘zgartirishga yuqori darajada yondoshish imkonini beradi.
URI: http://repository.tma.uz/xmlui/handle/1/11013
ISSN: 2181-7812
Appears in Collections:Thesis, Articles

Files in This Item:
File Description SizeFormat 
вестник 5. 2024 Джураева 2.pdf983.88 kBAdobe PDFView/Open


Items in DSpace are protected by copyright, with all rights reserved, unless otherwise indicated.