Please use this identifier to cite or link to this item: http://repository.tma.uz/xmlui/handle/1/2314
Title: GOʻDAKLAR ICHAK DISBAKTERIOZIDA PROBIOTIKLARNING TA’SIRI
Other Titles: Tadqiqot maqsadi: Tabiiy va sun’iy oziqlanadigan go‘daklarning ichak mikrobiotsenoziga probiotiklarning tasirini o‘rganish. Material va usullari: Toshkent shaxar Chilinzor tumani 37-oilaviy poliklinikadan 70 nafar 1yoshgacha boʼlgan tabiiy va sunʼiy oziqlanadigan go’daklar tanlab olindi va ularning najasi Toshkent shahar Chilonzor tumani SEOvaJSX bakteriologik laboratoriyasida tekshirildi va antibiotikka sezgirlik disk - diffuzion usulda tekshirildi. Natijalar tahlili va muhokamasi. Go’daklarning 43% Qiz bolalar, 57% o’g’il bolalar tashkil qildi. Tabiiy usulda oziqlanadigan go’daklar 73%, sun’iy usulda oziqlanadigan go’daklar 27% tashkil qildi. 51 nafar ona suti bilan oziqlanadigan go’daklarda me’yoriy holati 83,5%, monoinfeksiya-12,8%, miksinfeksiya-3,7% , 19 nafar sun’iy usulda oziqlanadigan go’daklarларда esa monoinfeksiya-35,3%, miksinfeksiya-64,7% yuqori ko’rsatgichlarda aniqlandi. Xulosa: Disbakterioz tekshiruvidan so’ng, normal mikroflorasi o’zgargan va patogen bakteriya aniqlangan go’daklar probiotiklar ikki haftadan bir necha oy davomida iste’mol qildi. Ikkinchi bor tekshiruv natijasi bemor go’daklarda ijobiy natijalarga erishilganlikni ko’rsatdi. Normoflorin-L , Bifolak active, Bifidobakterin kabi probiotiklar samarali ta'sirga ega bo'ldi.
Authors: Yodgorova N.T., Fayzullaeva Z.R., Tursunova SH.A.
Keywords: goʼdaklarning tabiiy va sun’iy oziqlanishi, normal ichak mikroflorasi, disbakterioz,probiotik.
Issue Date: 2022
Series/Report no.: 579.0/.6;
Abstract: Go’daklarning mikroflorasini disbakteriozi I daraja 16 nafar go’dakda (22.9%), II daraja 28 afarda (40%), III daraja 26 nafarda (37.1%) tashkil qildi. 2. Disbakterioz aniqlangan go’daklarning 28 nafarida monoinfeksiya uchradi (40%), 26 nafar go’daklarda esa (37%) turli mikroblar assotsiatsiyada kelgan. Qolgan 16 nafar (23%) go’daklarda patogen mikroblar aniqlanmadi. 3. Probiotik qa’bulidan so’ng mikroflora normallashdi. I daraja 45 nafar (64,2%), II daraja 15 nafarda(21,4%), III daraja 26 nafarda (14,4%) tashkil qildi. Normoflorin-L , Bifolak active, Bifidobakterin kabi probiotiklar eng samarali bo'lib, dispeptik shikoyatlarni oldini olish maqsadida go’daklar tug’ilgandan 3 kunligidan boshlab berish tavsiya etishimiz mumkin.
URI: http://repository.tma.uz/xmlui/handle/1/2314
Appears in Collections:Thesis, Articles

Files in This Item:
File Description SizeFormat 
Ёдгорова.pdf1.92 MBAdobe PDFView/Open


Items in DSpace are protected by copyright, with all rights reserved, unless otherwise indicated.