Please use this identifier to cite or link to this item: http://repository.tma.uz/xmlui/handle/1/6437
Title: Tuxumdonlar polikistoz sindromini davolashda tuxumdonlar dekortikasiyasi endoxirurgik jarroxlik amaliyotini samaradorligi
Authors: Solieva Z. F., Burxanova S. B., Gafurova Ye. A. Sharipova Sh.A
Keywords: tuxumdonlar polikistoz sindromi, la- paroskopiya, tuxumdonlar dekortikasiyasi
Issue Date: Feb-2023
Publisher: Ташкент, Узбекистан
Abstract: Dolzarbligi. Ayollar xayz sikli buzilishlari va fertilligini tiklanishidagi muvaffaqiyatizliklarda, tuxumdonlar polikistoz sindromini (TPS)   salmog‘i turli man- balarga ko‘ra 20–22,0%ni tashkil etadi. Tadqiqotning maqsadi tuxumdonlar polikistoz sindromini davolashda tuxumdonlar dekortikasiyasi jarroxlik amaliyoti sama- radorligini baholashdan iborat bo‘ldi.  Materiallar. Tadqiqotga 60 nafar TPS mavjud ayollar kiritildi. Asosiy guruhni 30 nafar TPS sababli tuxumdonlar dekortikasiyasi jarroxligi qo‘llanilgan ayollar va taqqoslash guruxini-30 nafar TPS mavjud lekin jarroxlikdan bosh tortgan ayollar tashkil etdi. Tadqiqotga kiritilganlarning o‘rtacha yoshi 28,5±2,2 yoshni tashkil etdi. Tadqiqotga kiritilgan barcha ayollarda klostilbegit saqlovchi dori yordamida bir necha bor ovulyasiyasini stimulyasiyasi amalga oshirilgan. Barcha bemorlarda gormonal, ultratovushli tekshiruvlarni o‘z ichiga olgan to‘liq klinik-laborator tadqiqotlar o‘tkazildi. Bemorlarda tuxumdonlar dekortikasiyasi jarroxlik amaliyoti “Karl Storz” endoskopik qurilmasida amalga oshirildi. Natijalar. Ayollarning asosiy shikoyatlari hayz ko'rish funksiyasining buzilishi va bepushtlikdan iborat edi. Ayollarda hayz davrining buzilishi quyidagicha namoyon bo'ldi: 9 ayolda (30,0%) polimenoreya ko'rinishida, 7 ayolda (23,3%) opsomenoreya ko'rinishida va 8 ayolda (26,7%) oligomenoreya. Algomenoreya-6 nafar ayolda (20,0%) kuzatilgan. TPS sababli bemorlarda o‘tkazilgan tuxumdonlar dekortikasiyasi jarroxlik amaliyotidan so‘ng mazkur ayollar fertilligi 83,3% gacha tiklanishi kuzatildi. Xulosa. Tuxumdonlar polikistoz sindromi mavjud ayollarda tuxumdonlar dektortikasiyasi jarroxlik amaliyoti samarali usul bo‘lib hisoblanib, tuxumdonlar zaxirasiga nojo‘ya ta’sir etmasdan, ovulyasiyani stimulyasiyasiga olib kelib mazkur patologiya bilan bog‘liq bepusht ayollarda homilador bo‘lish salmog‘ini 83.3%gacha ortishiga olib keladi.
URI: http://repository.tma.uz/xmlui/handle/1/6437
Appears in Collections:Thesis, Articles

Files in This Item:
File Description SizeFormat 
101-106. Solieva.pdfTuxumdonlar polikistoz sindromini davolashda tuxumdonlar dekortikasiyasi endoxirurgik jarroxlik amaliyotini samaradorligi1.6 MBAdobe PDFView/Open


Items in DSpace are protected by copyright, with all rights reserved, unless otherwise indicated.