Please use this identifier to cite or link to this item: http://repository.tma.uz/xmlui/handle/1/6846
Title: BACHADON ORTIQLARIDA ENDOXIRURGIK OPYERASIYALARI O‘TKAZGAN AYOLLARDA BITISHMALARNING OLDINI OLISHDA DIS- TRYEPTAZA® PRYEPARATINING SAMA- RADORLIGINI BAHOLASH
Authors: Burxanova S.B.
Keywords: bepushtlik, bachadon ortiqlari patologiyalari, laparoskopiya, chandiqlar, Distreptaza®
Issue Date: Mar-2023
Abstract: Dolzarbligi. Kichik chanoq bo‘shlig‘idagi chandiqli jarayonlar bachadon ortiqlarida endoxirurgik operasiyalaridan keyin eng ko‘p uchraydigan asoratlardan biridir. Tadqiqot maqsadi-bachadon ortiqlarida endoxirurgik operasiyalari o‘tkazgan ayollarda bitishmalarning oldini olishda Distreptazа® preparatining samaradorligini baholashdan iborat. Materiallar. Tadqiqotda jami 100 nafar ayollar o‘rganildi, ulardan 40 nafari bachadon nayida o‘tkazilgan operasiyadan keyin va 40 nafari sistektomiya operasiyasidan keyingi ayolar tashkil etdi. Operatsiyadan keyingi davrda barcha ayollar Distreptaza® preparati bilan davolangan. Davolashning samaradorligi ultratovush natijalari va gisterosalpingografiya ma’lumotlarini tahlil qilish asosida baholandi. Barcha bemorlarda klinik-laborator, gormonal, ultratovush va xromotubasiya tadqiqotlar o‘tkazdilar. Natijalar. Tadqiqot natijasi bachadon ortiqlarida endoxirurgik operasiyalarni o‘tkazgan ayollarda Distreptaza® preparatidan foydalanish kichik chanoqdagi bitishmalarni rivojlanish ehtimolini 2,1 barobar kamaytirishi aniqlandi. Bu bachadon ortiqlarida en- doxirurgik operasiyalari o‘tkazgan ayollarda jarroxlikdan keyingi kichik chanoqda chandiqli jarayonlarni rivojlanishini oldini olishda ushbu preparatning yuqori samarador ekanligini ko‘rsatadi. Xulosa. Bizning tadqiqotlarimiz bachadon ortiqlarida endoxirurgik operasiyalari o‘tkazgan ayollarda bitishmalarning oldini olishda Distreptaza® preparatining yuqori samarador ekanliligini ko‘rsatdi. Bachadon ortiqlaridagi endoxirurgik operasiyalarni o‘tkazgan ayollarda Distreptaza® preparatidan foydalanish jarroxlikdan keyingi chandiqli jarayonlar rifojlanish ehtimolini 2,1 barobarga kamaytiradi.
URI: http://repository.tma.uz/xmlui/handle/1/6846
Appears in Collections:Thesis, Articles

Files in This Item:
File Description SizeFormat 
63-68 Burxonova.pdfBACHADON ORTIQLARIDA ENDOXIRURGIK OPYERASIYALARI O‘TKAZGAN AYOLLARDA BITISHMALARNING OLDINI OLISHDA DISTRYEPTAZA® PRYEPARATINING SAMARADORLIGINI BAHOLASH677.25 kBAdobe PDFView/Open


Items in DSpace are protected by copyright, with all rights reserved, unless otherwise indicated.