Please use this identifier to cite or link to this item: http://repository.tma.uz/xmlui/handle/1/6876
Title:  ANOVULYASIYA BILAN BOG'LIQ BEPUSHT AYOLLARNI BOSHQARISHDA DIFFERENSIAL YONDASHUV
Authors: Gafurova E.O.
Keywords: bepushtlik, ovulyasiya, individual yon- dashuv, gormon terapiya, Midiana®, Novinet®
Issue Date: Mar-2023
Publisher: Ташкент, Узбекистан
Abstract: Dolzarbligi. Bepushtlik bugungi kunda dunyodagi eng keng tarqalgan muammolardan biridir. Anovulyasiya ko'plab ayollarda bepushtlikka olib kelishi mumkin. Tadqiqotning maqsadi–anovulyasiya bilan bog'liq bepusht ayollarni boshqarishda tabaqalashtirilgan yondashuvning samaradorligi va xavfsizligini baholashdir. Materiallar. Tadqiqotda tuxumdon follikulyar kistasi sababli operasiya qilingan 100 nafar ayollar ishtirok etdi. Operasiyadan so'ng bemorlar ikki guruhga bo'lindi: 40 nafar ayol adyuvant terapiya sifatida Midiana® preparatini, 40 nafar ayol esa Novinet® preparatini oldi. Bundan tashqari, tadqiqotga nazorat guruhi sifatida 20 ayol kiritilgan. Natijalar. Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatdiki, anovulyasiya bilan bog'liq bepusht ayollarni boshqarishga tabaqalashtirilgan yondashuv samarali va xavfsiz bo'lishi mumkin. Midiana® va Novinet® bilan davolangan bemorlar nazorat guruhidagi ayollarga nisbatan muvaffaqiyatli homilador bo'lish ehtimoli ancha yuqori edi. Shu bilan birga, Midiana® preparati Novinet® ga qaraganda ovulyasiyani tiklashda samaraliroq edi. Xulosa. Tadqiqot natijalari anovulyasiya bilan bog'liq bepushtlikni davolashda differentsial yondashuvning samaradorligini qo'llab-quvvatlaydi. Tadqiqotga kiritilgan ayollarda adyuvant gormon terapiyaini o'tkazish guruhlarda mos ravishda 86% va 85% ovulyasiyani tiklashga va guruhlarda mos ravishda 84% va 82% reproduktiv funksiyaning tiklanishiga olib keldi.
URI: http://repository.tma.uz/xmlui/handle/1/6876
Appears in Collections:Thesis, Articles

Files in This Item:
File Description SizeFormat 
Гафурова Э. маколаси.pdfANOVULYASIYA BILAN BOG'LIQ BEPUSHT AYOLLARNI BOSHQARISHDA DIFFERENSIAL YONDASHUV641.85 kBAdobe PDFView/Open


Items in DSpace are protected by copyright, with all rights reserved, unless otherwise indicated.