Please use this identifier to cite or link to this item:
http://repository.tma.uz/xmlui/handle/1/7353
Title: | KORONAVIRUS INFYEKSIYASI O‘TKAZGAN HOMILADOR AYOLLARDA FETOPLASYENTAR DISFUNKSIYANI RETROSPYEKTIV TAHLILI |
Authors: | Xolova Z.B. |
Keywords: | homiladorlik, koronavirus infektsiyasi, fetoplasental disfunktsiya, retrospektiv tahlil |
Issue Date: | Apr-2023 |
Publisher: | Ташкент, Узбекистан |
Abstract: | Dolzarbligi. Fetoplatsentar disfunktsiya (FPD) - bu homila va platsenta o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirning ba’zi buzilishlarini tavsiflovchi umumiy atama bo‘lib, homiladorlikning turli xil asoratlariga va erta tug‘ish yoki kasal bolalar tug‘ilishiga olib kelishi mumkin. Materiallar. Tadqiqotda homiladorlikning turli bosqichlarida COVID-19 o‘tkazgan 100 homilador ayol ishtirok yetdi. Tadqiqot 2021 yildan 2022 yilgacha Toshkent shahar 9-sonli akusherlik majmuasida o‘tkazildi. Fetoplatsentar disfunktsiya holatlarini retrospektiv o‘rganish 100 nafar homilador ayollarda, undan 50 nafari ikkinchi trimestrda va 50 homiladorlikning uchinchi trimestrida koronavirus kasalligini o‘tkazildi. Natijalar. Tadqiqot natijasida biz COVID-19 bilan kasallangan homilador ayollarning 80%da homiladorlik paytida fetoplatsentar funktsiyasi yomonlashganini aniqladik. Ikkinchi trimestrda fetoplatsentar disfunktsiyaning salmog‘i homilador ayollarning 43%da uchinchi trimestrda 37% ni tashkil etdi. COVID-19 fonida fetoplatsentar disfunktsiyali ayollarda tug‘ilish natijalarini tahlil qilish shuni ko‘rsatdiki, ayollarning 27% kam vaznli chaqaloqlarni, 31% turli og‘irlikdagi asfiksiya bilan tug‘ilgan bolalari bor.Xulosa. COVID-19 homiladorlikning ikkinchi va uchinchi trimestrlarida homilador ayollarning 80 foizida fetoplatsentar funktsiyaning yomonlashishiga olib kelishi mumkin. Ikkinchi trimestrda fetoplatsentar disfunkt- siyaning salmog‘i homilador ayollarning 43%a uchinchi trimestrda 37% ni tashkil etdi. COVID-19 fonida fetoplatsentar disfunktsiyali ayollarda tug‘ilish natijalarini tahlil qilish shuni ko‘rsatdiki, ayollarning 27% kam vaznli chaqaloqlarni va 31% turli og‘irlikdagi asfiksiya bilan tug‘ildilar. |
URI: | http://repository.tma.uz/xmlui/handle/1/7353 |
Appears in Collections: | Thesis, Articles |
Files in This Item:
File | Description | Size | Format | |
---|---|---|---|---|
Холова З.Б. Маколаси.pdf | KORONAVIRUS INFYEKSIYASI O‘TKAZGAN HOMILADOR AYOLLARDA FETOPLASYENTAR DISFUNKSIYANI RETROSPYEKTIV TAHLILI | 955.89 kB | Adobe PDF | View/Open |
Items in DSpace are protected by copyright, with all rights reserved, unless otherwise indicated.