Please use this identifier to cite or link to this item: http://repository.tma.uz/xmlui/handle/1/9016
Title: COVID-19 KASALLIGIGA QARSHI EMLANGAN HOMILADOR AYOLLARDA GAMCOVIDVAK VAKSINASINING REAKTOGENLIGINI BAHOLASH
Authors: Mamajonova D.M.
Keywords: homiladorlik; COVID-19; emlash; Gam-COVID-Vak; reaktogenlik
Issue Date: Sep-2023
Publisher: Ташкент, Узбекистан
Abstract: Annotatsiya. Tadqiqotda COVID-19 ga qarshi emlangan 120 nafar homilador ayol ishtirok etdi, ulardan 60 nafari (I guruh) homiladorlikning ikkinchi trimestrida va 60 nafari (II guruh) homiladorlikning uchinchi trimestrida emlangan. Taqqoslash guruhini emlashdan bosh tortgan 30 nafar homilador ayol tashkil etdi. Homilador ayollarni COVID-19 ga qarshi emlashda "Gam-COVID-Vac" vektorli vaksinasi qo‘llanilgan. COVID-19 ga qarshi emlangan barcha homilador ayollarda emlashdan keyingi davrni monitoring qilish uchun biz tomonimizdan ishlab chiqarilgan modifikasiyalangan V-Safe “Homilador” dasturidan foydalanilgan. COVID-19ga qarshi emlangan homilador ayollarda emlashdan keyingi reaksiyalar monitoringi Gam-COVID-Vac vaksinasining 1 va 2-komponentlari ineksiyasidan keyingi dastlabki 7 kun davomida amalga oshirildi. Modifikasiyalangan V-Safe "Homilador" dasturidan foydalangan holda emlashda qo‘llanilgan vaksinaning reaktogenlik darajasini baholash shuni ko'rsatdiki, ikkala guruhdagi vaksinani olgan ayollar faqat kichik va qisqa muddatli nojo'ya ta'sirlarni boshdan kechirgan. Jumladan 106 nafar (88,3%) ayollarda in'ektsiya joyida mahalliy reaksiyalar, 14 nafar (11,7%) ayollarda esa tizimli reaksiyalar kuzatildi. Aniqlangan mahalliy va tizimli reaksiyalar qisqa muddatli va qaytarilmas bo‘lib, ona va homilaning sog'lig'iga tahdid solmadi, tibbiy aralashuv yoki kasalxonaga yotqizishni talab qilmadi.
URI: http://repository.tma.uz/xmlui/handle/1/9016
Appears in Collections:Thesis, Articles

Files in This Item:
File Description SizeFormat 
Mamajonova D.M..pdfCOVID-19 KASALLIGIGA QARSHI EMLANGAN HOMILADOR AYOLLARDA GAMCOVIDVAK VAKSINASINING REAKTOGENLIGINI BAHOLASH774.2 kBAdobe PDFView/Open


Items in DSpace are protected by copyright, with all rights reserved, unless otherwise indicated.