Please use this identifier to cite or link to this item: http://repository.tma.uz/xmlui/handle/1/10134
Title: BRONXIAL ASTMA
Authors: Bobojonova Sh.D., Rustamov D.M., Toshmamatova M.T.
Keywords: bronchial asthma, asthma attack, allergen factors, allergic tests, peak flowmetry, spirometry.
Issue Date: 2023
Publisher: Toshkent tibbiyot akademiyasi axborotnomasi
Series/Report no.: ;61.616
Abstract: J ahon sog’liqni saqlash tashkilotining tahlillariga ko’ra, 2019 yilda butun dunyoda bronxial astma bilan kasallanganlar soni 262 million nafarni tashkil etdi va ulardan 461 ming nafar kishida xastalik o’lim xolati bilan yakun topgan. Mamlakatimizda esa aholining 5% yaqin qismi mazkur dard bilan og’riydi. Bronxial astma yuqumli-allergik kasallik bo’lib, bronxlar muskulaturasi tortishib, qisqarishi natijasida, odamning birdan nafasi qisib, bo’g’ilib qolishi, keyin yopishqoq balg’am tashlashi bilan kuzatiladi. Uning asosiy klinik belgisi bo’g’ilish xurujlaridir. Bronxial astmaning rivojlanishida turli ekzogen allergenlar muhim rol o’ynaydi. Kelib chiqish asosi o’simliklar bo’lgan allergen omillar(o’simlik changi, qo’ziqorinlar va boshqalar), uy allergenlari (uy va kutubxona changi, uy hayvonlari kepagi, akvarium baliqchalari uchun quruq ovqat va boshqalar), oziqovqat yoki nutritiv allergenlar (tuxum, sitruslilar, oziqovqat bo’yoqlari va konservantlar) hozir keng tarqalgan hisoblanadi. Bronxial astmaga chalingan bemorlarning 22-40% turli xil dorilarga reaksiyalar aniqlanadi, bemorlarning 2% esa kasallik turli kasbiy omillar (kosmetik vositalar, dorixonada ishlash va boshqalar) sababli yuzaga keladi. Bronxial astma etiologiyasida meteorologik omillar (sovuq havo), nasliy moyillik, 40- 80% (ko’pincha bolalarda) ruhiy omillar va stres holatlar ta’sirlari muayyan rol o’ynaydi.
URI: http://repository.tma.uz/xmlui/handle/1/10134
Appears in Collections:Thesis, Articles

Files in This Item:
File Description SizeFormat 
maqola 4 (maxaliy).pdfBRONXIAL ASTMA706.09 kBAdobe PDFView/Open


Items in DSpace are protected by copyright, with all rights reserved, unless otherwise indicated.