Abstract:
J
ahon sog’liqni saqlash tashkilotining tahlillariga
ko’ra, 2019 yilda butun dunyoda bronxial astma bilan kasallanganlar soni 262 million nafarni tashkil etdi
va ulardan 461 ming nafar kishida xastalik o’lim xolati
bilan yakun topgan. Mamlakatimizda esa aholining 5%
yaqin qismi mazkur dard bilan og’riydi. Bronxial astma yuqumli-allergik kasallik bo’lib, bronxlar muskulaturasi tortishib, qisqarishi natijasida, odamning birdan
nafasi qisib, bo’g’ilib qolishi, keyin yopishqoq balg’am
tashlashi bilan kuzatiladi. Uning asosiy klinik belgisi
bo’g’ilish xurujlaridir. Bronxial astmaning rivojlanishida turli ekzogen allergenlar muhim rol o’ynaydi. Kelib
chiqish asosi o’simliklar bo’lgan allergen omillar(o’simlik changi, qo’ziqorinlar va boshqalar), uy allergenlari
(uy va kutubxona changi, uy hayvonlari kepagi, akvarium baliqchalari uchun quruq ovqat va boshqalar), oziqovqat yoki nutritiv allergenlar (tuxum, sitruslilar, oziqovqat bo’yoqlari va konservantlar) hozir keng tarqalgan
hisoblanadi. Bronxial astmaga chalingan bemorlarning
22-40% turli xil dorilarga reaksiyalar aniqlanadi, bemorlarning 2% esa kasallik turli kasbiy omillar (kosmetik vositalar, dorixonada ishlash va boshqalar) sababli yuzaga keladi. Bronxial astma etiologiyasida
meteorologik omillar (sovuq havo), nasliy moyillik, 40-
80% (ko’pincha bolalarda) ruhiy omillar va stres holatlar ta’sirlari muayyan rol o’ynaydi.