Please use this identifier to cite or link to this item:
http://repository.tma.uz/xmlui/handle/1/11000
Title: | Metabolik sindrom va uning revmatoid artritning klinik va laborator ko’rsatkichlari bilan o`zaro bog’liqligi |
Authors: | Sultanova M.X., Salimova N.D. Xidoyatova M.R. Sherbekova D.U. |
Keywords: | BNVP, metabolik sindrom, revmatoid artrit |
Issue Date: | Mar-2024 |
Publisher: | Междисциплинарные проблемы современной ревматологии |
Abstract: | Ishning maqsadi. RA kasalligida metobolik sindromning uchrash chastotasini va uning klinik va laborator ko`rsatkichlari bilan bog’liqligini aniqlash. Materiallar va usullar. 60 nafar ilgari BNVP qabul qilmagan bemor tekshirildi.bemorlarning o’rtacha yoshi 52,0 [42,4;61] yil; kasallik davomiyligi og’riq - 6,0[4,0;8,0] oy, IgM RF (87%) va16 Ревматология ACCP (100%) uchun seropozitiv; kasallik faolligi. DAS28 -5,3 [5,0; 6,2]; SDAI -31,7 [22,3;40,3]; CDAI -28,4 [17.5;38.0].MS AO (WC ≥ 94 sm (m), ≥80 sm (F), glyukoza darajasi ≥5,6 mmol/l yoki QD, XS,PZLP <1,0 mmol/l (m.), <1,3 mmol/l (f.), TG≥1,7 mmol/l, AQB≥130/85 mm Hg IDF mezonlariga muvofiq aniqlandi. Nazorat guruhi revmatik kasalliklari bo’lmagan 30 nafar sog’lom donorlardan iborat bo’lib, ular jinsi va yoshi bo’yicha tekshirilgan bemorlar bilan taqqoslangan. Natijalar. Umuman olganda RA bo’lgan bemorlarda MS chastotasi nazorat guruhiga qaraganda yuqori bo`ldi: 38 ga nisbatan 63% (p<0,05). MS ning mavjudligi yoki yo’qligiga qarab, RA bilan bemorlar 2 guruhga bo’lingan: I guruh – RA bilan og`rigan MS bor bemorlar kasallangan bemorlar (n=38); II guruh – MSsiz (n=22). I guruhdagi bemorlar II guruhdagi bemorlarning yoshga nisbatan kattaroq bo`ldi (55,0 [50,0; 58,0] yilga nisbatan 51,0 [38,0; 58,0] yil) (p<0, 05). Taqqoslangan guruhlarda kasallikning klinik ko’rinishi, davomiyligi va RA faolligida farqlar yo’q edi. Shu bilan birga, yoshga qarab, RA bilan og’rigan bemorlarda RA faollik indekslari (DAS 28 (r=0,39), SDAI (r=0,45), CDAI (r=0,43), (ECHT (r=0,21), SRO(r=0,31))o’rtasida korrelyatsiya mavjudligi aniqlandi,MS bilan (barcha hollarda p=0,001). Sistolik qon bosimining oshishi kasallikning davomiyligi (r=0,23), SROning oshishi (r=0,25), PZLP darajasining pasayishi klinik (DAS indekslari) bilan bog’liq.(DAS28), SDAI, CDAI) (r = 0,5) va laboratoriya (SRO, ECHT) (r = 0,3) erta RA bilan korrelyatsiyasi mavjudligi aniqlandi (barcha hollarda p<0,05). Xulosa. Erta RA bilan og`rigan bemorlarda antirevmatik terapiyani tayinlashdan oldin MS chastotasi nazoratga qaraganda yuqori. RA ning klinik va laboratoriya parametrlarining MS va uning tarkibiy qismlari bilan bog’liqligi MS rivojlanishida revmatoid yallig’lanishning rolini ko’rsatadi. |
URI: | http://repository.tma.uz/xmlui/handle/1/11000 |
Appears in Collections: | Thesis, Articles |
Items in DSpace are protected by copyright, with all rights reserved, unless otherwise indicated.