Please use this identifier to cite or link to this item:
http://repository.tma.uz/xmlui/handle/1/11001
Title: | Tizimli qizil bo’richa bilian og’rigan bilan bemorlarda yurak qon tomir zararlanishi |
Authors: | Sultanova M.X., Ziyayeva F.K., Salimova N.D. |
Keywords: | Tizimli qizil bo'richa, yurak-qon tomir tizimining shikastlanishi |
Issue Date: | Mar-2024 |
Publisher: | Междисциплинарные проблемы современной ревматологии |
Abstract: | Tadqiqot maqsadi. TQB da yurak-qon tomir tizimining zararlanishini o’rganish. Material va usullar. 15 yoshdan 45 yoshgacha bo’lgan TQB bilan og’rigan 42 nafar bemor tekshirildi. Kasallikning davomiyligi 11 oydan 15 yilgacha, ulardan 39 nafari ayollar va 3 nafari erkaklar. Bemorlar kasallik kechishi bo’yicha quyidagicha taqsimlandi: o’tkir kechishi varianti 3 (7%) bemorda, o’tkir osti kechish varianti - 31 (73%), 8 (19%) bemorlarda surunkali kechish varianti aniqlandi. TQB bilan og’rigan barcha bemorlar umumiy klinik tekshiruvdan o’tkazildi, shuningdek, EKG, ExoCS tekshiruvlar qilindi. Natijalar va muhokama. TQB bilan og’rigan bemorlarning 66% da yurak shikastlanishi borligi aniqlandi. Shu jumladan 17(40%) bemorda sinusli taxiqardiya, 6(14%) bemorda yurak sohasida og’riq, 11(26%) bemorda hansirash, 2(4%) bemorda “yurak urib ketishi” xissi aniqlandi. Perkussiya vaqtida 2(4%) bemorda yurak chegaralarning chapga siljishi aniqlandi. Auskultatsiyada yurak tonlari bog’iqlashishi 19(45%) bemorda, choqqida sistolik shovqin 3(7%) bemorda aniqlandi. EKGda chap qorincha gipertrofiyasi 2(4%) bemorda, intraventrikulyar o’tkazuvchanlikning pasayishi 12 (28%) bemorda, qon aylanishining buzilishi - 7 (17%), miyokarddagi metabolik jarayonlarning buzilishi - 13(31%) bemorda aniqlandi. 26(62%) bemorda har xil aritmiya turlari, ko’proq sinus taxikardiyasi 6 (14%) bemorlarda va 2 (4%) bemorlarda qorincha ekstrasistoliysi kuzatilgan. ExoCS da 14(34%) bemorda qorinchalararo tosiq diskineziyasi, 7(17%) bemorda chap qorinchaning diastolik disfunksiyasi, 5(12%) bemorda qon otish xajmi pasayganligi va 3(7%) ta bemotlarda miokardioskleroz aniqlandi. Xulosa. Shunday qilib, TQB da yurak-qon tomir tizimining shikastlanishi ko’p ushraydi, ammo klinik simptomlari juda kam ifodalangan. Qo’shimcha instrumental tekshiruvladan foydalanish, shu jumladan sutkalik EKG monitoringi, ExoCS tekshiruvini o’tkazish TQB bilan og’rigan bemorlarda salbiy oqibatli miyokard shikastlanishini va yashirin yurak etishmovchiligini aniqlashga yordam beradi. |
URI: | http://repository.tma.uz/xmlui/handle/1/11001 |
Appears in Collections: | Thesis, Articles |
Items in DSpace are protected by copyright, with all rights reserved, unless otherwise indicated.