Please use this identifier to cite or link to this item:
http://repository.tma.uz/xmlui/handle/1/11262
Title: | QALIN QATLAMLI KONLARNI QAZISHDA KON LAHIMLARINING OPTIMAL JOYLASHUVINI ANIQLASH |
Other Titles: | QALIN QATLAMLI KONLARNI QAZISHDA KON LAHIMLARINING OPTIMAL JOYLASHUVINI ANIQLASH |
Authors: | Ismailov, Anvarbek Sunnatullayevich Latipov, Zuhriddin Yoqub o‘g‘li Olimov, Farusxon Muzaffar o‘g‘li Qurbonov, Jamshid Mo‘yitdinovich Islomov, Mirjalol Alisher o‘g‘li |
Keywords: | nobudgarchilik, sifatsizlanish, optimal joylashuv, ustun, to‘ldirish, umumshaxta va ekspluatatsion nobudgarchilik, kon bosimi, kamera, lenta, selik. |
Issue Date: | 3-May-2024 |
Publisher: | INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR, ИННОВАЦИОННЫЕ ТЕХНОЛОГИИ, INNOVATIVE TECHNOLOGIES |
Abstract: | Tepaqo‘ton tog‘-kon majmuasidan qazib olingan foydali qazilmaning nobudgarchilik va sifatsizlanish sabablari tizimli tahlil qilinib, nobudgarchilik va sifatsizlanishning asosiy kelib chiqish sabablari aniqlangan. Shu bilan bir qatorda sifatsizlanish va nobudgarchilikni kamaytirish bo‘yicha asoslangan takliflar ishlab chiqilgan. Kon lahimlarini qatlamda joylashtirishda optimal joylashuvi aniqlanib nobudgarchilikni kamaytirish ko‘rsatkichlari aniqlangan. Qazib olingan silvinit rudasining sifatsizlanishi va nobudgarchilgi oʻzlashtirilayotgan qatlamning gipsometriyasiga, asosiy jinslarning qazish oʻlchamiga, qatlam qalinligiga, qatlamda togʻ jinslari qatlamlarining mavjudligiga bogʻliq boʻlib, uni aniqlash natijalari asosida aniqlanishi kerak. Sifatsizlanishni aniqlash IMDK-511 dasturi boʻyicha tekshirilganda qazib olingan foydali qazilmaning tarkibi dastlabki holatida 26% ni tashkil etgan boʻlsa, qatlamning vertikal koʻtarilishi natijasida qatlamni ajratib olish ko‘rsatkichini 88,83% dan 92,28% gacha oshishi hisobiga ruda tarkibi minimum 26,15% ga oʻzgargan. Bu boshlang‘ich holatga nisbatan tarkibning 0,15 % ga yaxshilanishiga teng. 0,15 foizga yuqori sifatli ruda qazib olish natijasida yiliga 5 608 696 720 (besh milliard olti yuz sakkiz million olti yuz to‘qson olti ming yetti yuz yigirma) so‘mlik iqtisodiy samaradorlikka erishish mumkin. |
URI: | http://repository.tma.uz/xmlui/handle/1/11262 |
ISSN: | 2181-4732 |
Appears in Collections: | Thesis, Articles |
Items in DSpace are protected by copyright, with all rights reserved, unless otherwise indicated.