Abstract:
Tepaqo‘ton tog‘-kon majmuasidan qazib olingan foydali qazilmaning
nobudgarchilik va sifatsizlanish sabablari tizimli tahlil qilinib, nobudgarchilik va sifatsizlanishning asosiy kelib chiqish sabablari aniqlangan. Shu bilan bir qatorda sifatsizlanish va nobudgarchilikni kamaytirish bo‘yicha asoslangan takliflar ishlab chiqilgan.
Kon lahimlarini qatlamda joylashtirishda optimal joylashuvi aniqlanib nobudgarchilikni
kamaytirish ko‘rsatkichlari aniqlangan. Qazib olingan silvinit rudasining sifatsizlanishi va
nobudgarchilgi oʻzlashtirilayotgan qatlamning gipsometriyasiga, asosiy jinslarning qazish
oʻlchamiga, qatlam qalinligiga, qatlamda togʻ jinslari qatlamlarining mavjudligiga bogʻliq boʻlib, uni aniqlash natijalari asosida aniqlanishi kerak. Sifatsizlanishni aniqlash IMDK-511 dasturi boʻyicha tekshirilganda qazib olingan foydali qazilmaning tarkibi dastlabki holatida 26% ni tashkil etgan boʻlsa, qatlamning vertikal koʻtarilishi natijasida qatlamni ajratib olish ko‘rsatkichini 88,83% dan 92,28% gacha oshishi hisobiga ruda tarkibi minimum 26,15% ga oʻzgargan. Bu boshlang‘ich holatga nisbatan tarkibning 0,15 % ga yaxshilanishiga teng.
0,15 foizga yuqori sifatli ruda qazib olish natijasida yiliga 5 608 696 720 (besh milliard olti
yuz sakkiz million olti yuz to‘qson olti ming yetti yuz yigirma) so‘mlik iqtisodiy samaradorlikka erishish mumkin.