Please use this identifier to cite or link to this item: http://repository.tma.uz/xmlui/handle/1/11650
Title: Tuberkulyoz plevriti tashxisotida adenozindezaminaza (ADA) fermentining ahamiyati
Authors: Abdugapparov F.B, Parpiyeva N.N
Keywords: tuberkulyoz, tuberkulyoz plevriti, ADA, tashxislash.
Issue Date: 2024
Publisher: Toshkent
Series/Report no.: УДК;616 - 002.5: 616.25 - 002.5: 615.355 - 07
Abstract: Ushbu tadqiqotning maqsadi tuberkulyoz plevriti (TP) bilan og‘rigan bemorlarning plevra suyuqligidagi va qon zardobidagi ADA fermenti faolligini o‘rganish bo‘ldi. 2022-yil fevraldan 2022-yil oktabrgacha Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda Toshkent shahar ftiziatriya va pulmonologiya klinik shifoxonasi klinikalarida 80 nafar bemorning plevra suyuqligi va qon zardobi tekshirildi. Ularning barchasi 2 guruhga bo‘lindi - (1) TP bilan, (2) tuberkulyoz bo‘lmagan etiologiyali plevrit. 1-guruhdagi bemorlarda plevra suyuqligi va qon zardobida ADA 2-guruhdagilarga qaraganda yuqori edi. 1-guruhda plevra suyuqligidagi ADA miqdori 2-guruhga nisbatan 3,2 baravar yuqori ekanligi kuzatildi (mos ravishda 46,6 va 14,4) va qon zardobida 5,5 baravar yuqori (mos ravishda 25,3 va 4,5). Tuberkulyozli ekssudativ plevritning diagnostikasi qiyin muammodir. Noan’anaviy testlar orasida ADA va IFN-g eng yaxshi sezuvchanlik va o‘ziga xoslikka ega, ammo ular plevra yallig‘lanishining biomarkerlari bo‘lib, etiologik agentni tasdiqlamaydi. Boshqa yangi testlar va biomarkerlar uchun cheklangan ma’lumotlar mavjud. Umumiy tibbiyot tarmog‘ida shifokorlarning ftiziatrik hushyorligiga muhim o‘rin berilishi kerak. ADA fermentini ahiqlash usuli qo‘shimcha tekshirish usuli bo‘lib, bajarish oson va qimmat uskunalar va reagentlarni talab qilmaydi. Natijani 2 soat ichida olish mumkin.
URI: http://repository.tma.uz/xmlui/handle/1/11650
Appears in Collections:Thesis, Articles

Files in This Item:
File Description SizeFormat 
5.Вестник пульмо Абдугаппаров.pdfСтатья3.59 MBAdobe PDFView/Open


Items in DSpace are protected by copyright, with all rights reserved, unless otherwise indicated.