Please use this identifier to cite or link to this item: http://repository.tma.uz/xmlui/handle/1/1638
Title: “Ichki kasalliklar” fanini o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyaning qo’llanilishi
Authors: Umarova, Zamira
Qodirova, Shoira
Jumanazarov, Sultanboy
Keywords: “Ichki kasalliklar” fanini o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyaning qo’llanilishi
Issue Date: 2021
Publisher: ТМА
Abstract: O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz” asarida: ”Biz yoshlarga doir davlat siyosatini hech og‘ishmasdan, qat’iyat bilan davom ettiramiz. Nafaqat davom ettiramiz, balki bu siyosatni eng ustuvor vazifamiz sifatida bugun zamon talab qilayotgan yuksak darajaga ko‘taramiz. Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz, deb alohida ta’kidlagan. Buning uchun esa mamlakatimizda oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish, ta’lim sifatini ko‘tarish uchun bir qator Farmon va Qarorlar chiqarilmoqda. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi PQ -2909-son “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Qarorida belgilangan vazifalarning 1- bandi bo‘yicha belgilangan vazifalarda yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish va ularni OTMning ta’lim jarayoniga keng tatbiq etish, OTMni zamonaviy o‘quv, o‘quv-metodik va ilmiy adabiyotlar bilan ta’minlash, axborot-resurs markazlari fondlarini muntazam yangilab borish kabilar belgilangan. Shu nuqtai nazardan tibbiyot oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun tibbiyotning zamonaviy yangiliklari bilan boyitilgan drsliklar, o‘quv qo‘llanmalar va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni yaratish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Hozirgi zamon talablariga mos, fan va texnikaning so‘nggi yutuqlarini o‘zlashtirgan, milliy va ma’naviy qadriyatlarimizni ta’lim tizimiga tatbiq eta oladigan o‘qituvchidan endilikda (milliy dastur) talablariga xos yangicha yondoshuv, yangicha metodika va 4 yangicha kasb mahorati talab qilinadi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» da ta’lim sifatini oshirish, ta’lim tizimlarida ilg‘or zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini keng joriy etish, ta’lim – tarbiya sifati va samaradorligiga erishishda, turli pedagogik metodlarni takomillashtirish ustuvor vazifalar sifatida belgilangan. Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturida ta’lim tizimiga ilg‘or, pedagogik texnologiyalarni joriy qilish, ularni har tomonlama o‘zlashtirish zarurligi belgilangan. Ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish, har bir o‘quv predmetining o‘ziga xos xususiyatlariga monand yondashish, pedagogning o‘qitishning usullari va yo‘llarining eng tizimini tanlay olgan holda dars jarayonining to‘g‘ri tashkil etish muhim rol o‘ynaydi. Ijodkor o‘qituvchi esa o‘z sohasi bo‘yicha yangicha pedagogik texnologiya metodikasini ajrata olmog‘i hamda uni amalda samarali qo‘llay olmog‘i lozim.
URI: http://repository.tma.uz/xmlui/handle/1/1638
Appears in Collections:Books and Book Chapters

Files in This Item:
File Description SizeFormat 
Пед_технология_лотинча_Қодирова_Ш_2.pdf576.93 kBAdobe PDFView/Open


Items in DSpace are protected by copyright, with all rights reserved, unless otherwise indicated.