Abstract:
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Erkin va
farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz” asarida: ”Biz
yoshlarga doir davlat siyosatini hech og‘ishmasdan, qat’iyat bilan davom ettiramiz.
Nafaqat davom ettiramiz, balki bu siyosatni eng ustuvor vazifamiz sifatida bugun zamon
talab qilayotgan yuksak darajaga ko‘taramiz. Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan,
yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z
tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli
bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz,
deb alohida ta’kidlagan. Buning uchun esa mamlakatimizda oliy ta’lim tizimini yanada
rivojlantirish, ta’lim sifatini ko‘tarish uchun bir qator Farmon va Qarorlar chiqarilmoqda.
Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi PQ -2909-son
“Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Qarorida
belgilangan vazifalarning 1- bandi bo‘yicha belgilangan vazifalarda yangi avlod o‘quv
adabiyotlarini yaratish va ularni OTMning ta’lim jarayoniga keng tatbiq etish, OTMni
zamonaviy o‘quv, o‘quv-metodik va ilmiy adabiyotlar bilan ta’minlash, axborot-resurs
markazlari fondlarini muntazam yangilab borish kabilar belgilangan. Shu nuqtai nazardan
tibbiyot oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun tibbiyotning
zamonaviy yangiliklari bilan boyitilgan drsliklar, o‘quv qo‘llanmalar va o‘quv-uslubiy
qo‘llanmalarni yaratish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Hozirgi zamon talablariga mos, fan va texnikaning so‘nggi yutuqlarini o‘zlashtirgan,
milliy va ma’naviy qadriyatlarimizni ta’lim tizimiga tatbiq eta oladigan o‘qituvchidan
endilikda (milliy dastur) talablariga xos yangicha yondoshuv, yangicha metodika va
4
yangicha kasb mahorati talab qilinadi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» da ta’lim
sifatini oshirish, ta’lim tizimlarida ilg‘or zamonaviy pedagogik va axborot
texnologiyalarini keng joriy etish, ta’lim – tarbiya sifati va samaradorligiga erishishda,
turli pedagogik metodlarni takomillashtirish ustuvor vazifalar sifatida belgilangan.
Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturida ta’lim tizimiga ilg‘or, pedagogik texnologiyalarni
joriy qilish, ularni har tomonlama o‘zlashtirish zarurligi belgilangan. Ta’lim sifati va
samaradorligini oshirishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish, har bir o‘quv
predmetining o‘ziga xos xususiyatlariga monand yondashish, pedagogning o‘qitishning
usullari va yo‘llarining eng tizimini tanlay olgan holda dars jarayonining to‘g‘ri tashkil
etish muhim rol o‘ynaydi. Ijodkor o‘qituvchi esa o‘z sohasi bo‘yicha yangicha pedagogik
texnologiya metodikasini ajrata olmog‘i hamda uni amalda samarali qo‘llay olmog‘i
lozim.