Please use this identifier to cite or link to this item: http://repository.tma.uz/xmlui/handle/1/2178
Title: Shaxar va qishloq sharoitida ta’im olayotgan maktab o‟quvchilari ovqatlanishini gigiyenik baholash
Other Titles: Shaxar va qishloq sharoitida ta’im olayotgan maktab o‟quvchilari ovqatlanishini gigiyenik baholash
Authors: Тошматова, Гузал
Keywords: SHAXAR VA QISHLOQ SHAROITIDA TA‟LIM OLAYOTGAN MAKTASHAXAR VA QISHLOQ SHAROITIDA TA‟LIM, OLAYOTGAN ,MAKTAB, O‟QUVCHILARI, OVQATLANISHINI, GIGIYENIK BAHOLASHB O‟QUVCHILARI OVQATLANISHINI GIGIYENIK BAHOLASH
Issue Date: 13-May-2022
Publisher: “Tibbiyotdagi zamonaviy ilmiy Tadqiqotlar: dolzarb muammolar, yutuqlar va innovatsiyalar” Mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy Konferensiya Materiallari To’plami Tеrmiz 201 bet 2022 yil 13 may
Citation: 1
Series/Report no.: 1;
URI: http://repository.tma.uz/xmlui/handle/1/2178
Appears in Collections:Thesis, Articles

Files in This Item:
File Description SizeFormat 
ТЕРМИЗ ТЕЗИС2.pdfSHAXAR VA QISHLOQ SHAROITIDA TA‟LIM OLAYOTGAN MAKTAB O‟QUVCHILARI OVQATLANISHINI GIGIYENIK BAHOLASH Toshmatova G.A. Toshkent tibbiyot akademiyasi, O‟zbekiston Barkamol o‗sish va rivojlanish, bolalar va o‗smirlar orasida surunkali kasalliklarining bo‗lmasligi kelajakda mamlakat farovonligini ta‘minlashning bir usuli sifatida qaraladi. Bolalar salomatligini belgilovchi yetakchi omillardan biri ovqatlanish omilidir. Umumta‘lim maktablarida ta‘lim olish davrida o‗quvchilar organizmi jismoniy yuklama bilan birgalikda aqliy yuklamaga xam duch keladi. Bu davrda o‗quvchilar ko‗p energiya sarflashlari tufayli energetik qiymati yuqori bo‗lgan oziq ovqatlarga extiyoj sezadilar.202 Umumta‘lim maktablarida sog‗lom ovqatlanishni tashkil qilish yosh avlodni salomatligini saqlash va mustaxkamlashda, shuningdek demografik ko‗rsatkichlarni yaxshilanishiga olib keladi. Tadqiqot maqsadi. Shahar va qishloq maktab o‗quvchilarining ovqatlanishning o‗ziga xos xususiyatlarini gigyenik baholash Tadqiqot ob‟ektlari: Respublikamizdagi Toshkent shahridagi Yashnaobod tumani № 151, Shayxontoxur tumanidagi 132 umumta‘lim maktabi va Toshkent viloyati Parkent tumanidagi № 44 va 5 umumta‘lim maktablarining 141ta 5-9 sinf o‗quvchilari ularning ovqatlanish statusi tadqiqot ob‘ekti bo‗lib xizmat qiladi. Tadqiqot usullari. Zamonaviy maktab o‗quvchilarining ijtimoiy holatini, turmush tarzini va ovqatlanish statusini hisob kitob, anketa so‗rovi usuli va o‗quvchilarining salomatlik holatini, tibbiy ko‗riklar, funksional tekshirish usullar yordamida tahlil qilinadi. Olingan natijalar. Kuzatuv ostida bo‗lgan shaxar sharoitida ta‘lim olayotgan o‗quvchilar orasida o‗tkazilgan anketa so‗rovnoma natijasida ularning taomnomasida sut va sut maxsulotlar, smetana turli sabzavotlar (kartoshkadan tashqari), xo‗l meva o‗rtacha 20,2-54,7 % ni tashkil etishi, qishloq sharoitida ta‘lim olayotgan o‗quvchilar taomnomasida esa non va non maxsulotlari, makaron (34%), kartoshka va qandolat shirinliklari me‘yoridan 1,2-1,3 marotabaga, qand 1,7 marotabaga, margarin 2,8 marotabaga, yog‗li maxsulotlar esa 1,5 martagacha ko‗pligi va o‗quvchilarni uglevod-yog‗li ovqatlanishlari aniqlandi. Taomnomalarni umumiy tahlil qilinganda o‗quvchilar oilalarinig barchasida baliq maxsulotlari, go‗sht, tuxum maxsulotlarini yetarli emasligi, non va un maxsulotlarini me‘yoridan 40,5% ga ko‗pligi aniqlandi. Kun davomida iste‘mol qilinayotgan ichimliklar bo‗yicha savollarga 61% toza gazlanmagan suv, 39% shirin ta‘mli sharbatlarni qolganlari gazlangan kola, pepsi ichimliklarni kun davomida 1 litrdan kam bo‗lmagan miqdorda ichishlarini aytib o‗tishgan. Ovqatlanish orasida tamaddilarni o‗rganish davomida shuni aniqlandiki o‗quvchilarni 53% i shokolad, 12%i muzqaymoq, 10 % kartoshka chipslari, qolganlari esa faqatgina saqich chaynab qo‗yish bilan tamaddi qilmasliklari olib borilgan tadqiqotlar natijasida aniqlandi. Iste‘mol qilinayotgan taomlarni vitamin va ko‗katlar bilan boyitilishi haqida umumiy tushunchalarga ega ekanliklarini yozishgan, lekin aynan qaysi oziq ovqat maxsulotlarini qaysi vaqtda to‗g‗ri iste‘mol qilinsa ularni aqliy va jismoniy faoliyatlariga ijobiy ta‘sir ko‗rsatishi haqida etarli tushunchaga ega emasliklari o‗rganildi. Xulosa. Kun davomida kun tartibini yetarli emasligi ovqatlanish tartibi xam me‘yoridan buzilishiga sabab bo‗lishi, bu esa o‗quvchilar orasida oshqozon- ichak kasalliklar sonini ortishiga, immun tizimini yuqumli kasalliklarga chidamliligini kamayishiga sabab bo‗lmoqda. O‗quvchilar orasida sog‗lom ovqatlanish tushunchalarini shakllantirish kerak1.2 MBAdobe PDFView/Open


Items in DSpace are protected by copyright, with all rights reserved, unless otherwise indicated.