Please use this identifier to cite or link to this item: http://repository.tma.uz/xmlui/handle/1/7350
Full metadata record
DC FieldValueLanguage
dc.contributor.authorRuzmetova N.F.-
dc.date.accessioned2023-04-30T17:18:27Z-
dc.date.available2023-04-30T17:18:27Z-
dc.date.issued2023-04-
dc.identifier.urihttp://repository.tma.uz/xmlui/handle/1/7350-
dc.description.abstractDolzarbligi. Rivojlanmagan homiladorlik ayollar salomatligi uchun dolzarb bo‘lib, homiladorlik paytida uning rivolanish  xavfi ortishi mumkin. COVID-19 bilan kasallangan homilador ayollarda rivojlanmagan homiladorlik xavfi ortishi mumkin. Ushbu tadqiqotning maqsadi COVID-19 bilan kasallangan ayollarda rivojlanmagan homiladorlik holatlarini retrospektiv tahlilini qilish edi. Materiallar. Tadqiqotda 2020 yil dekabridan 2021 yil iyunigacha rivojlanmagan homilador bo‘lganlarning tibbiy xujjatlaridan foydalanilgan. COVID-19 bilan kasallangan ayollarda rivojlanmagan homiladorlik holatlarini baholash uchun tibbiy hujjatlarning retrospektiv tahlili o‘tkazildi. Ma’lumotlar Toshkent shahar 9-sonli akusherlik majmuasi arxividagi bemorlarning tibbiy yozuvlari va ma’lumotlar bazalaridan olingan. Natijalar. COVID-19 kasalligi bilan kasallangan 100 nafar homilador ayollarni   35 nafarida (35%) covid-19 ning yengil shakli va 65 nafarida (65%) koronavirus infektsiyasining og‘ir shakli bor edi. Rivojlanmagan homiladorlik jami COVID-19 bilan kasallangan 100 nafar ayollardan, homiladorlikning birinchi trimestrida 57 (57%), ikkinchi trimestrda 43 (43%) ayollarda aniqlandi. Rivojlanmagan homiladorlik ko‘pincha 5 dan 16 haftagacha bo‘lgan muddatda kuzatilgan, shundan 5-8 xaftalikda - 41%, 9-12 xaftada.-30% va 13-16 haftalikda - 29% kuzatildi. Xulosa. COVID-19 bilan kasallangan ayollarda rivojlanmagan homiladorlik holatlarining retrospektiv tahlili virusli infektsiyaning homiladorlik natijalariga ta’sirini ta’kidlaydi. Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, COVID-19 infektsiyasi ayollarda, ayniqsa birinchi trimestrda rivojlanmagan homiladorlik xavfini oshirishi mumkin. Olingan natijalar homiladorlikning salbiy natijalari xavfini minimallashtirish uchun COVID-19 bilan kasallangan homilador ayollarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri boshqarish muhimligini ta’kidlaydi. COVID-19 fonida stress holati, gemostaziologik va immunologik buzilishlar, shuningdek somatik kasalliklar rivojlanmagan homiladorlik rivojlanish ehtimoliga ta’sir qiluvchi muhim omillardir.en_US
dc.language.isoenen_US
dc.publisherТашкент, Узбекистанen_US
dc.subjectrivojlanmagan homiladorlik, COVID-19, homiladorlik,  ona va bola salomatligi, xavf omillarien_US
dc.titleCOVID-19 BILAN KASALLANGAN AYOLLARDA RIVOJLANMAGAN HOMILADORLIK HOLAT- LARINI RETROSPYEKTIV TAHLIL QILISHen_US
dc.typeArticleen_US
Appears in Collections:Thesis, Articles

Files in This Item:
File Description SizeFormat 
Рузметова Н.Ф, маколаси.pdfCOVID-19 BILAN KASALLANGAN AYOLLARDA RIVOJLANMAGAN HOMILADORLIK HOLAT- LARINI RETROSPYEKTIV TAHLIL QILISH 993.11 kBAdobe PDFView/Open


Items in DSpace are protected by copyright, with all rights reserved, unless otherwise indicated.