Please use this identifier to cite or link to this item:
http://repository.tma.uz/xmlui/handle/1/7350
Title: | COVID-19 BILAN KASALLANGAN AYOLLARDA RIVOJLANMAGAN HOMILADORLIK HOLAT- LARINI RETROSPYEKTIV TAHLIL QILISH |
Authors: | Ruzmetova N.F. |
Keywords: | rivojlanmagan homiladorlik, COVID-19, homiladorlik, ona va bola salomatligi, xavf omillari |
Issue Date: | Apr-2023 |
Publisher: | Ташкент, Узбекистан |
Abstract: | Dolzarbligi. Rivojlanmagan homiladorlik ayollar salomatligi uchun dolzarb bo‘lib, homiladorlik paytida uning rivolanish xavfi ortishi mumkin. COVID-19 bilan kasallangan homilador ayollarda rivojlanmagan homiladorlik xavfi ortishi mumkin. Ushbu tadqiqotning maqsadi COVID-19 bilan kasallangan ayollarda rivojlanmagan homiladorlik holatlarini retrospektiv tahlilini qilish edi. Materiallar. Tadqiqotda 2020 yil dekabridan 2021 yil iyunigacha rivojlanmagan homilador bo‘lganlarning tibbiy xujjatlaridan foydalanilgan. COVID-19 bilan kasallangan ayollarda rivojlanmagan homiladorlik holatlarini baholash uchun tibbiy hujjatlarning retrospektiv tahlili o‘tkazildi. Ma’lumotlar Toshkent shahar 9-sonli akusherlik majmuasi arxividagi bemorlarning tibbiy yozuvlari va ma’lumotlar bazalaridan olingan. Natijalar. COVID-19 kasalligi bilan kasallangan 100 nafar homilador ayollarni 35 nafarida (35%) covid-19 ning yengil shakli va 65 nafarida (65%) koronavirus infektsiyasining og‘ir shakli bor edi. Rivojlanmagan homiladorlik jami COVID-19 bilan kasallangan 100 nafar ayollardan, homiladorlikning birinchi trimestrida 57 (57%), ikkinchi trimestrda 43 (43%) ayollarda aniqlandi. Rivojlanmagan homiladorlik ko‘pincha 5 dan 16 haftagacha bo‘lgan muddatda kuzatilgan, shundan 5-8 xaftalikda - 41%, 9-12 xaftada.-30% va 13-16 haftalikda - 29% kuzatildi. Xulosa. COVID-19 bilan kasallangan ayollarda rivojlanmagan homiladorlik holatlarining retrospektiv tahlili virusli infektsiyaning homiladorlik natijalariga ta’sirini ta’kidlaydi. Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, COVID-19 infektsiyasi ayollarda, ayniqsa birinchi trimestrda rivojlanmagan homiladorlik xavfini oshirishi mumkin. Olingan natijalar homiladorlikning salbiy natijalari xavfini minimallashtirish uchun COVID-19 bilan kasallangan homilador ayollarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri boshqarish muhimligini ta’kidlaydi. COVID-19 fonida stress holati, gemostaziologik va immunologik buzilishlar, shuningdek somatik kasalliklar rivojlanmagan homiladorlik rivojlanish ehtimoliga ta’sir qiluvchi muhim omillardir. |
URI: | http://repository.tma.uz/xmlui/handle/1/7350 |
Appears in Collections: | Thesis, Articles |
Files in This Item:
File | Description | Size | Format | |
---|---|---|---|---|
Рузметова Н.Ф, маколаси.pdf | COVID-19 BILAN KASALLANGAN AYOLLARDA RIVOJLANMAGAN HOMILADORLIK HOLAT- LARINI RETROSPYEKTIV TAHLIL QILISH | 993.11 kB | Adobe PDF | View/Open |
Items in DSpace are protected by copyright, with all rights reserved, unless otherwise indicated.