Please use this identifier to cite or link to this item: http://repository.tma.uz/xmlui/handle/1/8266
Title: COVID-19dan keyingi davrda surunkali yurak yetishmovchiligi va yurak ritmi buzilishining o‘ziga xos kechishi
Authors: Шукурджанова С.М., Нуритдинова Н.Б., Туракулов Б.Х., Холмурадов Э.И.
Keywords: COVID-19, surunkali yurak yetishmovchiligi, yurak ritmi buzilishi
Issue Date: 2023
Publisher: Журнал Инфекция, иммунитет и Фармакология
Abstract: Maqsad. Surunkali yurak yetishmovchiligi bilan asoratlangan yurak ishemik kasalligi bilan kasallangan bemorlarning koviddan keyingi davrdagi SYuYe kechishi, yurak ritmi buzilishlarini o‘rganish. Tadqiqot materiali va usullari. 69 nafar bemorga standart tekshiruvlar, Xolter bo‘yicha EKG monitoring o‘tkazildi, klinik holat ShOKS shkalasi, hayot sifati Minnesota savolnomasi bo‘yicha baholandi. Tadqiqot natijalari. COVID-19 o‘tkazgan bemorlarining XM-EKG natijalariga ko‘ra supraventrikulyar ekstrosistoliya 38,7%, qorincha ekstrasistoliyasi 34,1%, bo‘lmachalar fibrillyatsiyasi 18% bemorlarda uchradi. 13% bemorlarda o‘tib ketuvchi I darajali atrioventrikulyar blokada aniqlandi. ShOKS shkalasi bo‘yicha bemorlarning klinik xolatini o‘rganishda COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda klinik holatining og’irligi turlicha bo‘lgan. Jismoniy yuklamaga tolerantlikning sezilarli va ishonchli pasayishi COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda yaqqol kuzatildi. Hayot sifati indeksining summar ko‘rsatkichlarida farqlar kuzatilgan. Xulosa. Surunkali yurak yetishmovchiligi bilan asoratlangan yurak ishemik kasalligi bilan kasallangan bemorlarda koviddan keyingi davrda turli yurak ritm va o‘tkazuvchanligining buzilishlari ko‘proq kuzatilgan, og’irroq klinik xolat va nisbatan past hayot ko‘rsatkichi aniqlandi.
URI: http://repository.tma.uz/xmlui/handle/1/8266
Appears in Collections:Thesis, Articles

Files in This Item:
File Description SizeFormat 
maqolam.pdfCOVID-19dan keyingi davrda surunkali yurak yetishmovchiligi va yurak ritmi buzilishining o‘ziga xos kechishi7.1 MBAdobe PDFView/Open


Items in DSpace are protected by copyright, with all rights reserved, unless otherwise indicated.