Abstract:
Maqsad. Surunkali yurak yetishmovchiligi bilan asoratlangan yurak ishemik kasalligi bilan kasallangan bemorlarning koviddan keyingi davrdagi SYuYe kechishi, yurak ritmi buzilishlarini o‘rganish. Tadqiqot materiali va usullari. 69 nafar bemorga standart tekshiruvlar, Xolter bo‘yicha EKG monitoring o‘tkazildi, klinik holat ShOKS shkalasi, hayot sifati Minnesota savolnomasi bo‘yicha baholandi. Tadqiqot natijalari. COVID-19 o‘tkazgan bemorlarining XM-EKG natijalariga ko‘ra supraventrikulyar ekstrosistoliya 38,7%, qorincha ekstrasistoliyasi 34,1%, bo‘lmachalar fibrillyatsiyasi 18% bemorlarda uchradi. 13% bemorlarda o‘tib ketuvchi I darajali atrioventrikulyar blokada aniqlandi. ShOKS shkalasi bo‘yicha bemorlarning klinik xolatini o‘rganishda COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda klinik holatining og’irligi turlicha bo‘lgan. Jismoniy yuklamaga tolerantlikning sezilarli va ishonchli pasayishi COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda yaqqol kuzatildi. Hayot sifati indeksining summar ko‘rsatkichlarida farqlar kuzatilgan. Xulosa. Surunkali yurak yetishmovchiligi bilan asoratlangan yurak ishemik kasalligi bilan kasallangan bemorlarda koviddan keyingi davrda turli yurak ritm va o‘tkazuvchanligining buzilishlari ko‘proq kuzatilgan, og’irroq klinik xolat va nisbatan past hayot ko‘rsatkichi aniqlandi.