dc.description.abstract |
So‘nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlarda yurak ishemik kasalligi patogenezida trombositar gemostaz tizimidagi buzilishlar va aspiringa
rezistentlikning yuzaga kelishi ishemik hodisalar xavfini deyarli ikki barobar oshirishi tasdiqlangan. Bu yurak ishemik kasalligi davosini nazorat
qilish, o‘z vaqtida monand antiagregant davo rejasini tayinlashga qaratilgan zamonaviy yondashuvlar ishlab chiqilishini taqozo qiladi. Tadqiqotning
maqsadi asetilsalisil kislotani qisqa va uzoq muddat qabul qiladigan yurak ishemik kasalligi turg‘un zo‘riqish stenokardiyasi (TZS) II-III funksional
sinfi bilan og‘rigan bemorlarda trombositlar funksional holatini baholashdan iborat. Material va uslublar.Tadqiqot manbasi sifatida turg‘un
zo‘riqish stenokardiyasi II–III funksional sinfi tashxisi bilan davolangan 116 nafar bemorlar tanlandi. TZSli bemorlar asetilsalisil kislotasi qabul
qilish davomiyligiga ko‘ra to‘rt guruhga ajratildi. 1-guruhni bir yilgacha ASK qabul qilgan, 2-guruhni ASKni 1 yildan 5 yilgacha bo‘lgan muddatda
qabul qilgan, 3-guruhniASKni 5 yildan ko‘p muddat davomida qabul qilayotgan bemorlar hamda nazorat guruhini ASK qabul qilmagan bemorlar
tashkil etdi. Trombositlar agregasiyasi tekshiruvi Born va O’Brayen bo‘yicha an'anaviy turbidometrik usulda AGGR dasturi bo‘yicha komp'yuterli
qayta ishlash orqali ikki kanalli lazerli Alat – 2 Biola analizatorida bajarildi. Natijalar. 5 yildan ko‘p muddat aspirin qabul qilgan bemorlar guruhida
trombositlar spontan agregasiyasi va ADF-indusirlangan agregasiyasi ko‘rsatkichlari 1 yilgacha ASK qabul qilgan va 1 yildan 5 yilgacha ASK
qabul qilgan bemorlar guruhi ko‘rsatkichlariga nisbatan yuqori bo‘lib, statistik ishonarli farqlar 1 yilgacha ASK qabul qilgan bemorlar guruhi
ko‘rsatkichlariga nisbatan kuzatildi (spontan agregasiya 1,7±0,09 r<0,05, 0,1 mkm ADF-indusirlangan agregasiya 6,58±0,86 r<0,05, 1,0 ADFindusirlangan
agregasiya 16,51±1,63 r<0,01, 5,0 ADF-indusirlangan agregasiya 58,44±3,72 r<0,01). 5 yildan ortiq ASK qabul qilgan bemorlardan
iborat uchinchi guruhda 5 yilgacha ASK qabul qilgan bemorlardan iborat ikkinchi guruhga nisbatan aspiringa rezistentlik sezilarli darajada ko‘proq
qayd etildi (mos ravishda 54,8% va 29% Xi2=4,24 r<0,05). Shu bilan birga, 1 yilgacha ASK qabul qilgan 1-guruh bemorlarda rezistentlik uchrashi
5 yildan ortiq ASK qabul qilgan bemorlarga nisbatan kamroq kuzatildi (mos ravishda 13,3% va 54,8% Xi2=11,63 r<0,05). Xulosa. Yurak ishemik
kasalligida aspirin bilan davolashning 5 yildan ortiq davom etishida trombositlar agregasiya ko‘rsatkichlarining oshishi aspiringa rezistentlik xavfi
bilan o‘zaro bog‘liqdir. |
en_US |