Abstract:
Koronavirus infeksiyasi (COVID-19) - bu koronaviruslar turkumiga kiruvchi virusning yangi shtammi keltirib chiqargan o‘tkir yuqumli kasallikdir. COVID-19 kasalligi odatda ko‘pchilik odamlarda yengil kechib, undan tezda tuzalishsada, ma’lum bir guruhga kiruvchi, jumladan homilador ayollarda kasallikni kechishi juda jiddiy tus olishi mumkin. Keyingi paytlarda, COVID-19 kasalligining homilador ayollar orasida uchrash salmog‘i ortib bormoqda. Bunga asosiy sabab qilib, ularda homiladorlik paytida virusli respirator kasalliklarga nisbatan yuqish moyilligining yuqori ekanligidir. Bundan tashqari homilador ayollar immun va yurak-o‘pka tizimlarida kuzatiladigan fiziologik o‘zgarishlar sababli COVID-19 kasaligini og‘ir kechish extimoli ortadi. Bu o‘z navbatida homiladorlikni tug‘ruqni kechishiga salbiy ta’sir etib, homila tashlash, homilani rivojlanmasligi, muddatidan oldingi tug‘ruq, homilani antenatal o‘limi kabi og‘ir asoratlar bilan yakun topishi mumkin.