dc.description.abstract |
Tadqiqot maqsadi. COVIDdan keyingi davrda yurak
ishemik kasalliklari bilan kasallangan bemorlar hayot sifati yomonlashuvini oldindan belgilab beruvchi omillarni aniqlash.
Tadqiqot мateriallari va usullari. Tadqiqotda YuIK
bilan kasallangan, Stabil zo’riqish stenokardiyasi FS 2-3
diagnozli, surunkali yurak yetishmovchiligi bilan asor atlangan har ikki jinsdagi 70 nafar bemor ishtirok etdi.
Tadqiqot uchun bemorlar ikki guruhga bo‘lindi: asosiy
guruh - surunkali yurak yetishmovchiligi bo‘lgan 36 nafar COVID-19 (virusli infeksiyaning o‘rta darajasi) bilan kasallangan bemorlar va taqqoslash uchun 2-guruh
- koronavirus kasalligi bilan kasallanmagan 34 nafar bemor edi. So‘rovnomada Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikalarda davolanayotgan o‘rtacha yoshi 58,6±1,26 yosh bo‘lgan har ikki jinsdagi bemor lar ishtirok etdi. COVIDdan keyingi oxirgi 6 oy davom ida surunkali yurak kasalliklari bilan kasallangan be morlarning kardiologiya bo‘limiga yotqizilish holatlari
ko‘proq kuzatilgan.
Bemorlaning jismoniy, psixologik, emotsional va ijtimoiy xususiyatlarini baholash uchun EUROQOL - EQ-5D
va vizual analogli shkala EQ-VAS xalqaro so‘rovnomalar
bo‘yicha hayot sifatini baholashning zamonaviy usullaridan foydalanildi. Tadqiqot davomida COVID-19 dan kеyingi davrda
YuQTK bilan og’rigan bеmorlarning HS yomonlashuvi ga sabab bo’lishi mumkin bo’lgan ijtimoiy-dеmografik
va klinik-anamnеstik omillarning mohiyati baholan di. HSning EQ-5D-5L indеksi bilan ijtimoiy-dеmografik
omillar o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni bir o’lchovli tah lil natijalariga ko’ra, EQ-5D-5L indеksining o’rtacha qiy matlarini kеkin pasayishida bеmorlarning jinsi (r=0,01),
yoshi (r=0,05), ta’lim darajasi (r<0,001) va ish joyida gi lavozimi (r= 0,002) kabilar muhim ahamiyat kasb
etdi. Shunindеk, bir o’lchovli tahlil shuni ko’rsatdi ki, YuIKli bеmorlarda klinik omillardan qandli diabеt
(QD) (r<0,001) yoki SYuYe mavjudligi (r=0,002) va/
yoki intеnsiv tеrapiya bo’limiga gospitalizasiya qilingan
(r<0.001) holatlarda EQ-5D-5L indеksining o’rtacha qiymatlari juda past darajadaligi aniqlangan |
en_US |