Abstract:
Oshqozon shilliq qavatining displaziyasi rak oldi shikastlanishlariga mansub bo'lib, oshqozon raki (OR) rivojlanish ehtimolini oshiradi. Shu bilan birga bugungi kunda ushbu shikastlanishni morfologik baholash uchun aniq mezonlar mavjud emas. Oshqozon shilliq qavatining epitelial rak oldi va OR bilan kasallanishini talqin qilishda turli yondashuvlar mavjud, ya’ni shartli ravishda Yevropaliklar va Yaponlarga bo'lish mumkin.