Abstract:
To’r parda makulyar shishi markaziy ko’rishning buzilishi bilan kechadigan, turli xil etiologiyali kelib chiqishga ega bo’lgan, bemorlarning hayot sifatiga yetarlicha ta’sir ko’rsatib, erta davrda nogironlikka sabab bo’luvchi
simptomokompleks hisoblanadi. Makulyar shish yuzaga kelgan bemorlarni erta davrda aniqlab, kompleks davo choralari qilinmaganda, bemorlarning 85%ida ko’rish qobiliyatini 60-75%gacha qaytarib bo’lmas darajada yo’qotishlari mumkin. Bu esa o’z navbatida makulyar shishni erta aniqlash va davolash bemorlani hayot sifatini yaxshilashga va nogironlikni oldini olishda juda ahamyatli.