dc.contributor.author |
Sharipova Sh.O., Burxonova S. B., Solieva Z.F., Gafurova Ye.O. |
|
dc.date.accessioned |
2023-02-19T18:35:56Z |
|
dc.date.available |
2023-02-19T18:35:56Z |
|
dc.date.issued |
2023-02 |
|
dc.identifier.uri |
http://repository.tma.uz/xmlui/handle/1/6373 |
|
dc.description.abstract |
Dolzarbligi. Endometriy patologiyasi bilan bogʼliq bepushtlik sabablari orasida sinexiya va poliplar yetakchi oʼrinni egallaydi. Reproduktiv yoshdagi endometriy patologiyasi boʼlgan ayollarni davolashda endoskopik jarrohlik organ saqlovchi usul boʼlib hisoblanadi. Tadqiqotning maqsadi endometriy patologiyasi bilan bogʼliq bepusht ayollarni tashxislash va davolashda gisterorezektoskopiya jarroxlik usuli imkoniyatlarini oʼrganishdan iborat.
Materiallar. Tadqiqotga 80 nafar bepusht ayol kiritildi. Аsosiy guruhga endometriy sinexiyasi bilan kasallangan 26 ayol (I-guruh) va endometriy polipli 34
ayol (II guruh) kiritilgan. Nazorat guruhi 20 nafar sogʼlom ayoldan iborat edi. Barcha bemorlar klinik-laborator, gistomorfologik va instrumental tekshiruvlardan oʼtkazildi.
Natijalari. Endometriy sinexiyasi bilan kasallangan 26 ayollarda gisterorezektoskopiya yordamida adgezioliz, 34 ayolda polipektomiya jarroxlik amaliyoti oʼtkazildi. Gisterorezektoskopiyadan foydalanish bepushtlik sabablarini aniqlash bilan birga ularni bartaraf etishga yordam beradi, bu esa endometriy patologiyasi tufayli bepusht ayollarning 83,4 % homilador boʼlishiga olib keldi.
Xulosa. Endometriy patologiyalarni tashxislash va davolashdagisterorezektoskopik jarrohlik texnologiyalaridan foydalanish ayollarda mazkur patologiya bilan bogʼliq bepushtlikni pasayishiga va reproduktiv funktsiyasini 83,4%da tiklanishiga olib
keladi. Endometriy patologiyalarni tashxislash va davolashda gisterorezektoskopiyadan foydalanish ushbu patologiyalar bilan bogʼliq bepusht ayollarda homiladorlik darajasining 2,1 baravar (83,4%) oshishiga
olib keladi. |
en_US |
dc.language.iso |
en |
en_US |
dc.publisher |
Ташкент, Узбекистан |
en_US |
dc.subject |
Bepushtlik, endometriy sinexiyasi, endometriy polipi, gisterorezektoskopiya |
en_US |
dc.title |
Endometriy pаtologiyasi bilаn bogʼliq аyollаr bepushtligini tаshxislаsh vа dаvolаshdа gisterorezektoskopiyaning oʼrni |
en_US |
dc.type |
Article |
en_US |