DSpace Repository

Tuxumdonlar polikistoz sindromini davolashda tuxumdonlar dekortikasiyasi endoxirurgik jarroxlik amaliyotini samaradorligi

Show simple item record

dc.contributor.author Solieva Z. F., Burxanova S. B., Gafurova Ye. A. Sharipova Sh.A
dc.date.accessioned 2023-02-25T19:33:37Z
dc.date.available 2023-02-25T19:33:37Z
dc.date.issued 2023-02
dc.identifier.uri http://repository.tma.uz/xmlui/handle/1/6437
dc.description.abstract Dolzarbligi. Ayollar xayz sikli buzilishlari va fertilligini tiklanishidagi muvaffaqiyatizliklarda, tuxumdonlar polikistoz sindromini (TPS)   salmog‘i turli man- balarga ko‘ra 20–22,0%ni tashkil etadi. Tadqiqotning maqsadi tuxumdonlar polikistoz sindromini davolashda tuxumdonlar dekortikasiyasi jarroxlik amaliyoti sama- radorligini baholashdan iborat bo‘ldi.  Materiallar. Tadqiqotga 60 nafar TPS mavjud ayollar kiritildi. Asosiy guruhni 30 nafar TPS sababli tuxumdonlar dekortikasiyasi jarroxligi qo‘llanilgan ayollar va taqqoslash guruxini-30 nafar TPS mavjud lekin jarroxlikdan bosh tortgan ayollar tashkil etdi. Tadqiqotga kiritilganlarning o‘rtacha yoshi 28,5±2,2 yoshni tashkil etdi. Tadqiqotga kiritilgan barcha ayollarda klostilbegit saqlovchi dori yordamida bir necha bor ovulyasiyasini stimulyasiyasi amalga oshirilgan. Barcha bemorlarda gormonal, ultratovushli tekshiruvlarni o‘z ichiga olgan to‘liq klinik-laborator tadqiqotlar o‘tkazildi. Bemorlarda tuxumdonlar dekortikasiyasi jarroxlik amaliyoti “Karl Storz” endoskopik qurilmasida amalga oshirildi. Natijalar. Ayollarning asosiy shikoyatlari hayz ko'rish funksiyasining buzilishi va bepushtlikdan iborat edi. Ayollarda hayz davrining buzilishi quyidagicha namoyon bo'ldi: 9 ayolda (30,0%) polimenoreya ko'rinishida, 7 ayolda (23,3%) opsomenoreya ko'rinishida va 8 ayolda (26,7%) oligomenoreya. Algomenoreya-6 nafar ayolda (20,0%) kuzatilgan. TPS sababli bemorlarda o‘tkazilgan tuxumdonlar dekortikasiyasi jarroxlik amaliyotidan so‘ng mazkur ayollar fertilligi 83,3% gacha tiklanishi kuzatildi. Xulosa. Tuxumdonlar polikistoz sindromi mavjud ayollarda tuxumdonlar dektortikasiyasi jarroxlik amaliyoti samarali usul bo‘lib hisoblanib, tuxumdonlar zaxirasiga nojo‘ya ta’sir etmasdan, ovulyasiyani stimulyasiyasiga olib kelib mazkur patologiya bilan bog‘liq bepusht ayollarda homilador bo‘lish salmog‘ini 83.3%gacha ortishiga olib keladi. en_US
dc.language.iso en en_US
dc.publisher Ташкент, Узбекистан en_US
dc.subject tuxumdonlar polikistoz sindromi, la- paroskopiya, tuxumdonlar dekortikasiyasi en_US
dc.title Tuxumdonlar polikistoz sindromini davolashda tuxumdonlar dekortikasiyasi endoxirurgik jarroxlik amaliyotini samaradorligi en_US
dc.type Article en_US


Files in this item

This item appears in the following Collection(s)

Show simple item record

Search DSpace


Advanced Search

Browse

My Account