Abstract:
Husnbuzar kasalligi dunyo aholisi orasida keng tarqalgan kasalliklardan biri bo'lib, kasallik nafaqat bemorning tashqi ko'rinishiga ta'sir ko'rsatadi, balki o'smirlik davrida ularning psixik-emosional holatiga ham kuchli ta'sir etadi. Ular o'zlarining tashqi ko'rinishlariga ayni e'tibor qaratadigan davrda bu holat ular uchun juda noxushlik tug'diradi. Kasallikning rivojlanishida organizmning ichki muhitining o'zgarishi bilan birgalikda tashqi muhit sharoiti va ovqatlanish tartibi ham ta'sir ko'rsatadi