Abstract:
Rentgenologik metodlar anatomik va fiziologik ma'lumotlarni yanada boyitdi. KT va MRT nafaqat suyak to'qimasini, bundan tashqari alrof to'qimalar haqida ma'lumotlar beradi (menisklar, tog'ay, boylamlar). Nur tashxis usullari skelet tizimi kasallikiarini keng miqyosda aniqlash bilan birgalikda avval noma'lum bo'lgan yangi kasalliklarni tavsiflab berdi. Tekshirishlarni muvaffaqqiyatli chiqishi shifokorning malakasi. zakovati va dunyo qarashiga ko'p jihatdan bogliq. Nur tashxisi usullari ananaviy skelet kasallikiarini paydo bo'lishiga yangicha nazar bilan qarashga ya'ni uni shikastlanishidagi shu kungacha mavjud klassifikatsiyasiga yangi patologik o'zgarishlarni kiritib qo'yish imkonini beradi. Nur semyotikasining klinika bilan integratsiyasi tashxisni yanada mukammal bo'lishini ta'minlaydi. Shu sababli shifokor fikr yuritishida 4 ia bosqich: anatomik, semivotik. sindromal. nozologik va bular bir biri bilan o'zaro bog'liq bo'lib uni shakllantirish uchun avvalo me'yoriy ko'rsatkichlarni mukammal bilish lozim