Abstract:
Buyrak (ren, grekcha nephros) siydik ajratib chiqaruvchi juft a'zo. U loviyasimon shaklga ega bo'lib, katta yoshdagi odamlarda uzunligi 10-12sm, kengligi 5-6 sm, qalinligi 4 sm, og'irligi 120-200 g bo'ladi. Medial qirrasining o'rtasida oldingi va orqa yuzalari bilan chegaralangan botiqlik, buyrak darvozasi (hylus renalis) joylashgan. Bu yerdan buyrak ichiga arteriya va ncrvlar kiradi, undan esa siydik yo'li, vena va limfa tomirlari chiqadi. Buyrak darvozasi ichkariga botib kirgan buyrak bo'shlig'iga (sinus renalis) o'tib ketadi. Buyrakni kesib ko'rganimizda u ikki xil moddadan: tashqi 0,4-0,7 sm qaiinlikdagi po'stloq va 2-2,5 sm qaiinlikdagi mag'iz moddadan iborat. Buyrakning po'stloq moddasi (cortex
renalis ) qizg'ish rangda ko'rinadi(l-rasm). U buyrakning tashqi qavatini hosil qilib qolmay, mag'iz qismi orasiga botib kirib buyrak ustinlarini (columns renalis) ham hosil qiladi. Buyrakning po'stloq qismi bir-biri bilan almashadigun yorug' va qoramtir qismlardan iborat.