Abstract:
Gemostaz - bu tomir o'zanida qonni saqlab qolishga, qon ketishni oldini olish va tromb sababli tomir okklyuziyasida qon oqimini tiklashga yo'naltirilgan jarayon. Gemostaz jarayonini bir-birini qisman to'ldirib ketma-ket keladigan to'rtta bosqichga ajratish mumkin:
1)mahalliy vazokonstriksiya, birlamehi qon yo'qotilishini chegaralab tomir devori shikastlangan joyda trombotsitlar va qon ivish tizimining zardob omillarini to'planishiga yordam beradi; 2) trombotsitlar adgeziyasi va agregatsiyasi, ular trombotsitar tromb hosil boiishi bilan yakunlanadi; 3)qon ivish tizimining faollashishi, fibrin hosil bo'lishiga olib keladi, fibrin esa trombotsitar trombni mustahkamlaydi; 4) fibrinolitik mexanizmlar yordamida tomir bo'shlig'idan tromb massalari olib tashlangandan so'ng qon oqimi tiklanishi.