Abstract:
Tana haroratining ko'tarilishi (isitma) ko'pgina yuqumli kasalliklarning tez va o'ziga xos namoyon bo'ladigan klinik belgilaridan biri hisoblanadi. Ko'pincha, amaliyotchi shifokorlar, bemorda yuqori tana harorati aniqlangan zahoti unda yuqumli kasallikni taxmin qiladilar. Biroq deyarli barcha yuqumli kasalliklarda yuz berishi mumkin bo'lgan isitmaning keng tarqalishiga ushbu sindromni taqqoslash tashxisi qiyinchiliklarga sabab bo'ladi, buning ustiga tana haroratining ko'tarilishi kasallikning boshqa klinik belgilari, shu jumladan isitmaning qiyosiy tashxislash ahamiyatiga ega ko'plab ko'rsatkichlari (davomiyligi, harorat egri chizig'i xususiyati va h.k.) hali namoyon bo'lmagan bir paytdagi erta belgilaridan biri hisoblanadi