Abstract:
Tadqiqot maqsadi. Oilaviy shifokor amaliyotida yoshlarda
arterial gipertenziya kechishining xususiyatlarini
o‘rganish. Materiallari va usullari. Tadqiqotda 25-44 yoshdagi
446 ta aholi ishtirok etdi. Tekshirilgan 446 aholidan arterial
qon bosimini (AQB) o‘lchash natijalariga ko‘ra 2 guruh
aniqlandi: arterial gipertoniya (AG) bilan og‘rigan patsiyentlar
asosiy guruhi (n=48) va AG aniqlanmagan patsiyentlar
nazorat guruhi (n=22). Natijalar. Ishtirokchilarning o‘rtacha
yoshi 34,31 ni tashkil etdi. Tekshirilganlar orasida me’riy
qon bosimi 398 (90,8%), gipertoniya 48 (9,1%) hollarda
qayd etildi. Turli darajadagi xavotirlik belgilari bemorlarning
47,2% da, 7,8% da esa u klinik ahamiyatli uchradi. AGbilan
og‘rigan bemorlarning 42,5 foizida turli xil darajadagi
depressiv alomatlari kuzatilgan va bu bemorlarning 3,4
foizida klinik ahamiyatli uchradi. Xulosa. Yoshlar orasida
AGning eng ko‘p uchraydigan xavf omillari: ortiqcha tana
vazni, chekish, AGga nasliy moyillik, kun tartibiga rioya qilmaslik
uchradi. shuningdek, yoshlarda AG bilan bemorlarning
psixofiziologik holatida sezilarli o‘zgarishlar mavjud
aniqlandi.