Abstract:
Covid-19 o’tkazgan bemorlarda periferik nerv sistemasining zararlanishi bo’yicha
o’rganilgan materiallarning ko’pligiga qaramay , kasallik kechishining yangi variantlari
mavjudligi ,nerv sistemasi zararlanishining rivojlanish mexanizmlarini o’rganish va
davolashning maqbul yo’nalishlarini izlash borasidagi muommolar haligacha to’la yechim
topgani yo’q. Xususan Covid-19 da asab tizimi zararlanishining o’ziga xosligi, virusning asab
to’qimalariga kirish mexanizmlari, uning zararlanishining patagenezlari haqida bir qator
savollar ochiq qolmoqda. Covid-19 dan keying nevralogik asoratlari bo’lgan bemorlarni
davolashning optimal terapevtik davolash taktikasi masalalari ham o’rganishni talab
etmoqda[1].Covid-19 bilan shifoxonaga yotqizilgan 2750 ta (Madrid, Ispaniya) bemor
kuzatilganda 71 ta(2,6%) bemorda nevralogik kasalliklar ( ayrim hollarda ularning
kombinatsiyasi ) borligi aniqlandi[2]. Eng ko’p uchraydigan nevralogik kasalliklar: periferik
nerv sistemasining zararlanish holatlari(33,7%), serebrovaskulyar buzilishlar (27,3%),
epilepsiya (7,8%) va boshqa kam uchraydigan kasalliklar(11,3%), xususan mioklonik tremor,
ko’ndalang miyelit, Gorner sindromi. Kasallikning o’tkir bosqichidan keyin periferik nerv
sistemasi zararlanishing tez -tez uchrashi kuzatildi[3].