Abstract:
Qandli diabet kasalligi tibbiyotning nafaqat endokrinologiya sohasida balki, barcha
sohalarida dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Albatta, ushbu xastalik sonining
progressiv ortib borishi insonlarning zararli odatlari, noratsional ovqatlanishi, hamda kam
harakat turmush tarzining ahamiyati juda kattadir. Qandli diabet asoratlari orasida kognitiv
buzilishlar sezilarli darajada keng tarqalgan bo‘lsa-da, boshqa asoratlarga nisbatan kam
hollarda erta tashxislanadi va yetarlicha davolanadi. Biz ushbu tadqiqotimizda, aynan qanday
qandli diabet 2-turining neyrokognitiv ta’sirini o‘rgandik, kognitiv buzilishlar uchrash
chastotasi va og‘irlik darajasini qondagi glikemiya ko‘rsatkichi va glikirlangan gemoglabin
miqdoriga bog‘lagan holda tadqiq qildik. Natijalar esa muammoning yetarlicha dolzarbligini,
keng tarqalganligini va yanada chuqurroq o‘rganish kerakligini tasdiqladi.