Abstract:
Bolalar orasida turli ko‘rinishdagi jaroxatlarning ko‘p uchrashi va oqibatda uzoq vaqtgacha yiringli yallig‘lanishlarni keltirib chiqarish xolati kuzatiladi. Bunday xolatlarda bakteriyalarning assotsiatsasi jarohatning kuchayishi va yallig‘lanish jarayonlarini surunkali shaklga olib keladi. Olib borilgan tajriba va kuzatishlar natijasida maxalliy o‘simlik xom ashyolaridan olingan polifitomoy (moychechak guli, qizil miya ildizi, tog‘ rayxoni, gazanda, na'matak va ittikanak) teri zamburug‘li kasalliklarni davolashda ijobiy natijalar bermoqda [1,2,3]. Hozirgi vaqtda tekshirish ishlari uchun yangi tarkibdagi polifitomoyningn (moychechak guli, qizil miya ildizi, tog‘ rayxoni, gazanda, na'matak va katta
qon cho‘pi) tanlangan antimikrob faollikga ega bo‘lishi, mikroorganizmlarga
ta'sir doirasi o‘rganildi.