Abstract:
Butun dunyoda bronxial astma kasalliklari bilan xastalanish tobora o‘sib borayotganligi qayd etilmoqda. O‘zbekiston bo‘yicha to‘plangan ma’lumotlarga ko‘ra nafas a’zolari kasalliklari hozirgi paytda barcha kasalliklar ichida asosiy o‘rinlardan birida turadi. Kasallanish esa so‘nggi besh yil ichida 2,5 marta oshgan. Statistika maʻlumotlariga ko‘ra bolalarning taxminan 10% ushbu kasallikdan aziyat chekmoqda. Bronxial astma har qanday yoshda va har qanday jinsda kuzatiladi. Lekin asosan o‘g‘il bolalarda qizlarga nisbatan ko‘proq uchraydi. (Sergeeva G.R., Еmelyanov A.V., Leshenkova Е.V., Znaxurenko A.A., 2020). Bolalar bronxial astma kasalligida noa’nanaviy davo usuli bo‘lgan refleksoterapiyani qoʼllanilishini ko‘rib chiqamiz.