Abstract:
Maqsad: nutrigep gepatoprotektori yordamida jigar sirrozi bilan og’rigan bemorlarda jigar ensefalopatiyasini
davolash samaradorligini baholash. Material va usullar: turli etiologiyali jigar sirrozi va jigar ensefalopatiya belgilari bilan kasallangan, statsionar davolangan 102 nafar bemor kuzatildi. Asosiy guruhga ovqatdan keyin og’iz orqali
gepatoprotektor nutrigepni olgan 62 bemor kirdi. Taqqoslash guruhi an’anaviy davolanishni olgan 40 nafar bemordan iborat edi. Natijalar: L-ornitin-L-aspartat qondagi ammoniy darajasini pasaytiradi, jigar hujayralarining tuzilishini tiklaydi, biokimyoviy jarayonlarni normallantiradi, shuningdek, jigar ensefalopatiyasi bo’lgan bemorlarda
antioksidant ta’sir ko’rsatadi. Xulosa: preparat yaxshi tolerantlik va xavfsizlik profiliga ega, bu uni turli xil etiologiyali
jigar sirrozi bilan og’rigan bemorlarning keng guruhiga buyurishga imkon beradi.